Xalmanov Dilshod Xushvaktovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida elektrotexnika fanlarini o‘qitishni kompetentli yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (energetika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped5218.
Ilmiy rahbar: Begmatov Shavkat Ernestovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Taslimov Abdirahim Dehqonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida elektrotexnika fanlarini o‘qitishni kompetentli yondashuv negizida takomillashtirish asosida ta’lim sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektrotexnika fanlarini o‘qitishning metodik modeli maqsadli, mazmunli, texnologik-jarayonli va diagnostik-natija komponentlarining o‘zaro bog‘liqligida hamda kompetentli, tizimli faoliyatga asoslangan yondashuvlar hamda umumdidaktik tamoyillarga ustuvorlik berish natijasida rivojlantirilgan;
elektrotexnika fanlarini o‘qitish metodikasi kompetentli yondashuv asosida pedagogik interfaol usullar (Venn diagrammasi, klaster usuli) va raqamli texnologiyalar (MULTISIM, MathCad, “easy Quizzy”, mobil ilova) yordamida ko‘rgazmali taqdimotlar va grafiklardan foydalanish hamda pedagogik va dasturiy apparatlarni ta’lim jarayoniga samarali muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektrotexnika fanlarini kompetentli yondashuv asosida o‘qitish va mobil ilova yordamida mustaqil o‘rganish shart-shroitlarini yaratish orqali talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajalari - reproduktiv, produktiv va refleksiv, kognitiv, motivatsion, faoliyatli mezonlar asosida baholanib, ushbu mezonlar kompetentlilik komponentlarining portfoliosi hamda professiogrammasi ishlab chiqish natijasida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektrotexnika fanlarini o‘qitishda pedagogik, tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlar ta’lim jarayonini raqamli mobillashtirish (mobil ilova) va metodik ta’minotni mazmunan boyitish hamda rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida elektrotexnika fanlarini o‘qitishni kompetentli yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektrotexnika fanlarini o‘qitishning metodik modeli maqsadli, mazmunli, texnologik-jarayonli va diagnostik-natija komponentlarining o‘zaro bog‘liqligida hamda kompetentli, tizimli faoliyatga asoslangan yondashuvlar hamda umumdidaktik tamoyillarga ustuvorlik berish natijasida rivojlantirilganligi hamda texnika oliy ta’lim muassasalarida elektrotexnika fanlarini o‘qitishda pedagogik, tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va uslubiy-didaktik shart-sharoitlarni ta’minlash, ta’lim jarayonini raqamli mobillashtirish va metodik ta’minotni mazmunan rivojlantirishga va takomillashtirishga oid takliflar “Elektrotexnika va elektronika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat texnika universitetining 2023 yil 8 iyundagi 01/9-05-383-son buyrug‘iga binoan berilgan guvohnoma). Natijada yaratilgan pedagogik shart-sharoitlar talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
elektrotexnika fanlarini o‘qitish metodikasi kompetentli yondashuv asosida pedagogik interfaol usullar (Venn diagrammasi, klaster usuli) va raqamli texnologiyalar (MULTISIM, MathCad, “easy Quizzy”, mobil ilova) yordamida ko‘rgazmali taqdimotlar va grafiklardan foydalanish hamda pedagogik va dasturiy apparatlarni ta’lim jarayoniga samarali muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Elektrotexnika va elektronika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat texnika universitetining 2023 yil 8 iyundagi 01/9-05-383-son buyrug‘iga binoan berilgan guvohnoma). Natijada metodik model talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga va elektrotexnika fanlarini chuqur o‘zlashtirishi uchun xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektrotexnika fanlarini kompetentli yondashuv asosida o‘qitish va mobil ilova yordamida mustaqil o‘rganish shart-shroitlarini yaratish orqali talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajalari - reproduktiv, produktiv va refleksiv, kognitiv, motivatsion, faoliyatli mezonlar asosida baholanib, ushbu mezonlar kompetentlilik komponentlarining portfoliosi hamda professiogrammasi ishlab chiqish natijasida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Elektrotexnika va elektronika” darsligi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga binoan berilgan guvohnoma). Natijada ushbu metodika va baholash mezonlari ham talabalarning kasbiy kompetentligining rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish