Qodirov G‘ayrat O‘roqboevichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Evristik topshiriqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped579.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Ilmiy maslahatchi: Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Hayot Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldashev Maqsud Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi evristik topshiriqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
evristik topshiqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy asoslari shaxsning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, mustaqillik, kreativlik, kreativ faoliyat tajribasiga ega bo‘lishga intilish hamda kasbiy kompetensiyalarni tizimli rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
evristik topshiqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quv modullarini evristik yondashuv asosida boyitish, ta’lim jarayoniga evristik topshiriqlarni bajarish imkonini beradigan indukiya, dedukiya, mantiqiy fikrlash izchilligini ta’minlash, modellashtirish, transformiyalash, g‘oyalarni genersiyalashga oid o‘quv faoliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
evristik topshiqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni, metodlari, texnologiyalari ijtimoiy tajribani faollashtirish, obrazli ko‘rish, ramziy ko‘rish, qiyoslash, evristik tadqiqot, farazlarni ilgari surish, prognozlash, inversiya, sinertika metodlar va evristik ta’lim , loyihalash, muammoli-modulli o‘qitish, modellashtirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan, interaktiv, reproduktiv, motivatsion xarakterdagi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan;
evristik topshiqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish dastlabki evristik faoliyatni amalga oshirish, ijodiy loyihalash, refleksiv tadqiqotchilik va evristik ta’lim bosqichlari hamda funksional-maqsadli tahlil, ilmiy axborotlardan foydalanish, baholovchi hukmlar chiqarish, qarorlar qabul qilish strategiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutgan holda o‘quv jarayonining tarkibiy tuzilishi takomillashtirilgan;  
evristik topshiqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli kognitiv, kreativ, progmatik xarakterdagi evristik topshiriqlarni qo‘llash metodlari, texnologiyalarini o‘zida mujassamlashtirgan modulli jarayonni qamrab olishni nazarda tutgan hamda mezon indikatorlarining samaradorligini aniqlash, evristik topshiriqlar va metodlarning reprezintativligini statistik baholashlar yordamida ko‘rsatib berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Evristik topshiriqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga doir natijalar asosida:
evristik topshiqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy asoslari shaxsning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, mustaqillik, kreativlik, kreativ faoliyat tajribasiga ega bo‘lishga intilish hamda kasbiy kompetensiyalarni tizimli rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822 - raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 14-maydagi 11-05-2166/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchining qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, mustaqillik, kreativlik, kreativ faoliyat tajribasiga ega bo‘lishga intilish, kasbiy kompetensiyalarni tizimli rivojlantirilishiga erishilgan.
evristik topshiqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quv modullarini evristik yondashuv asosida boyitish, ta’lim jarayoniga evristik topshiriqlarni bajarish imkonini beradigan indukiya, dedukiya, mantiqiy fikrlash izchilligini ta’minlash, modellashtirish, transformiyalash, g‘oyalarni genersiyalashga oid o‘quv faoliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan F1-XT-1-31247-raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” (2012-2016 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 14-maydagi 11-05-2166/04-son dalolatnomasi). Natijada ta’lim jarayoniga evristik topshiriqlarni bajarish imkonini beradigan induksiya, deduksiya, mantiqiy fikrlash izchilligini ta’minlash, modellashtirish, transformatsiyalash, g‘oyalarni generatsiyalashga oid o‘quv faoliyati rivojlantirilgan;
evristik topshiqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni, metodlari, texnologiyalari ijtimoiy tajribani faollashtirish, obrazli ko‘rish, ramziy ko‘rish, qiyoslash, evristik tadqiqot, farazlarni ilgari surish, prognozlash, inversiya, sinertika metodlar va evristik ta’lim, loyihalash, muammoli-modulli o‘qitish, modellashtirish,  shaxsga yo‘naltirilgan, interaktiv, reproduktiv, motivatsion xarakterdagi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash  asosida ishlab chiqilgan takliflardan F1XT-1-55237-raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusida loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 14-maydagi 11-05-2166/04-son dalolatnomasi. Natijada evristik topshiriqlar yordamida  bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi ortgan;
evristik topshiqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning dastlabki evristik faoliyatni amalga oshirish, ijodiy loyihalash, refleksiv tadqiqotchilik kabi evristik ta’lim bosqichlari hamda funksional-maqsadli tahlil, ilmiy axborotlardan foydalanish, baholovchi hukmlar chiqarish, qarorlar qabul qilish strategiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga oid tavsiyalardan FZ-2016-090911182-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlar mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 14-maydagi 11-05-2166/04-son dalolatnomasi). Natijada evristik topshiriqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish tarixiy-nazariy bosqichlari va strategiyalarini aniqlashga erishilgan;
evristik topshiqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli kognitiv, kreativ, progmatik xarakterdagi evristik topshiriqlarni qo‘llash metodlari, texnologiyalarini o‘zida mujassamlashtirgan modulli jarayonni qamrab olishni nazarda tutgan hamda mezon indikatorlarining samaradorligini aniqlash, evristik topshiriqlar va metodlarning reprezintativligini statistik tahlillar yordamida ko‘rsatib berish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan F1XT-1-55237-raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusida loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 14-maydagi 11-05-2166/04-son dalolatnomasi). Natijada evristik topshiriqlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining model va uni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari samaradorligini aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish