Eshonxonov Kamolxon Mamatxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari”, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi;”,  “12.00.15 – Kriminologiya” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1180.
Ilmiy rahbar: Dovudova Dilzoda Sulaymanovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Abzalova Xurshida Mirziyatovna, yuridik fanlari doktori, professor; Qalandarov Maqsud Maxmudovich, yuridik fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud’yalar oliy kengashi huzuridagi Sud’yalar oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf qilish jinoyatini kompleks baholash, mazkur jinoyatning ob’ektiv va sub’ektiv belgilarining mazmuni va mohiyatini tushunishga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni ishlab chiqish, unga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, amaliyotni yaxshilash, ushbu jinoyatni oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xatlangan mol-mulk olib qo‘yilib, saqlash uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yohud boshqa tashkilot vakiliga topshirilishi mumkinligi, xatlangan mol-mulk mulkdorga yoki mol-mulk egasiga, uning voyaga etgan oila a’zolaridan biriga yoki boshqa shaxsga saqlab turish uchun qoldirilib, unga ushbu mol-mulkning to‘la-to‘kis saqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlik tushuntirilishi va bu haqda undan tilxat olinishi, muomalada bo‘lishi man qilingan ashyolar har qanday hollarda ham olib qo‘yilishi kerakligi, ularning saqlash tartibi qonun bilan belgilanishi, bank muassasalarida saqlanayotgan pullar, shuningdek davlat zayomi, obligatsiyalari, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar olib qo‘yilmasligi, lekin mol-mulk xatlanganligi to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni olish bilanoq, ularni xarjlash operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilishi asoslantirilgan;
band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, ya’ni band solingan yohud garovga qo‘yilgan mulkni ishonib topshirib qo‘yilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda o‘zlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast etkazish ancha miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa, xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi tomonidan band solingan pul mablag‘lari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirishi uchun jinoiy javobgarlikni belgilanishi asoslantirilgan;
ijro ishini yuritish doirasida undiruvni garov bilan ta’minlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha garov to‘g‘risidagi shartnoma Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerakligi asoslantirilgan;
davlat ijrochisi tomonidan ijroni band solingan mulkka qaratish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishda unga qarshilik ko‘rsatilganligi uchun javobgarlikni belgilash zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etganlik uchun jinoiy javobgarlik hamda uning oldini olish masalalarini tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
xatlangan mol-mulk olib qo‘yilib, saqlash uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yohud boshqa tashkilot vakiliga topshirilishi mumkinligi, xatlangan mol-mulk mulkdorga yoki mol-mulk egasiga, uning voyaga etgan oila a’zolaridan biriga yoki boshqa shaxsga saqlab turish uchun qoldirilib, unga ushbu mol-mulkning to‘la-to‘kis saqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlik tushuntiriladi va bu haqda undan tilxat olinishi, muomalada bo‘lishi man qilingan ashyolar har qanday hollarda ham olib qo‘yilishi kerakligi, ularning saqlash tartibi qonun bilan belgilanishi, bank muassasalarida saqlanayotgan pullar, shuningdek davlat zayomi, obligatsiyalari, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar olib qo‘yilmasligi, lekin mol-mulk xatlangan to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni olish bilanoq, ularni xarjlash operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilishi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi JK loyihasi 331-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 11 noyabrdagi 27/2-357-23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi xatlangan mol-mulk olib qo‘yilib, saqlash tartibi va muomalada bo‘lish tartibini ta’minlashga xizmat qilgan;
band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, ya’ni band solingan yohud garovga qo‘yilgan mulkni ishonib topshirib qo‘yilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda o‘zlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast etkazish ancha miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa, xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi tomonidan band solingan pul mablag‘lari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirishi uchun jinoiy javobgarlikni belgilanishi mumkin degan takliflar O‘zbekiston Respublikasi JK loyihasi 337-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 11 noyabrdagi
27/2-356-23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, ya’ni band solingan yohud garovga qo‘yilgan mulkni ishonib topshirib qo‘yilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda o‘zlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast etkazishning oldini olish tartibini ta’minlashga xizmat qilgan;
ijro ishini yuritish doirasida undiruvni garov bilan ta’minlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha garov to‘g‘risidagi shartnoma Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerakligi haqidagi taklifi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 83-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 5 martdagi 01/q-08-34-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi band solingan mulkni ijrochilar tomonidan ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
davlat ijrochisi tomonidan ijro band solingan mulkka qaratish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishda unga qarshilik ko‘rsatilganligi uchun javobgarlikni belgilash haqidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi JK 2321-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 5 martdagi 01/q-08-34-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi band solingan mulkni ijrochilar tomonidan ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish