Omonov Shoxrux Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasida tromboemboliya asoratlarini morfologik asoslari», 14.00.15 – Patologik anatomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2803.
Ilmiy rahbar: Tursunov Xasan Ziyoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Don Andrey Nikolaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasida tromboembolik asoratlarining morfologik asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 dan vafot etgan bemorlarning klinik-anamnestik ma’lumotlarni tahlili asosida og‘ir asoratlar (o‘lim ko‘rsatkichi) uchrash darajasining oshishi bemorlarda birga qo‘shilib kelgan kasalliklar mavjudligi, jins va yoshga bog‘liqligi aniqlangan;
o‘pkaning interstisial to‘qimasida limfogistiotsitar infil`tratsiya rivojlanishining proliferativ fazasida o‘pka to‘qimasi parenximasi o‘rnida pnevmofibroz va pnevmoskleroz o‘choqlarining shakllanishi, o‘pka tomirlarida perivaskulyar skleroz o‘choqlarining hosil bo‘lishi aniqlangan;
COVID-19 infeksiyasida yallig‘lanish uchoqlarida, ayniqsa perivaskulyar va intravaskulyar subendotelial to‘qimalar atrofida CD3 limfotsitlarining ko‘payishi jarayonning og‘ir kechayotganini CD3 markerining yuqori pozitiv ekspressiyasi bilan ifodalanishi asoslangan;
COVID-19 infeksiyasida birga ko‘shilib kelgan kasalliklarda qon tomirlarida morfologik va morfometrik o‘zgarishlarda farqdar, ya’ni nazorat guruhiga nisbatan o‘pka tomirlarining endoteliy va devorning mushak qavatlari ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronavirus infeksiyasida tromboembolik asoratlarining morfologik asoslarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 dan vafot etgan bemorlarning klinik-anamnestik ma’lumotlarni tahlili asosida og‘ir asoratlar (o‘lim ko‘rsatkichi) uchrash darajasining oshishi bemorlarda birga qo‘shilib kelgan kasalliklar mavjudligi, jins va yoshga bog‘liqligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 yanvarda 24/236-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 infeksiyasida o‘pka tomirlarining patomorfologik o‘zgarishlarini baholash va tashxislash samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 15.02.2024 yildagi 10-2/I-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 21.02.2024 yildagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash samaradorligi oshirilgan, bu esa tromboemboliya holatlarini kamaytiradi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, tromboemboliya asoratlari bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar metabolik sindrom tufayli magistral arteriyalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan morfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish, davolashga ketadigan mablag‘ni tejashga olib kelishi bilan izohlanadi. Xulosa: mazkur kasallikni shifoxona sharoitida davolash uchun sarflanadigan 650000 so‘m byudjet mablag‘lari COVID-19 dan vafot etganlarning autopsiya tekshiruvi ma’lumotlari asosida taklif etilgan amaliy tavsiyadan foydalanish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘pkaning interstisial to‘qimasida limfogistiotsitar infil`tratsiya rivojlanishining proliferativ fazasida o‘pka to‘qimasi parenximasi o‘rnida pnevmofibroz va pnevmoskleroz o‘choqlarining shakllanishi, o‘pka tomirlarida perivaskulyar skleroz o‘choqlarining hosil bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 yanvarda 24/236-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 infeksiyasida o‘pka tomirlarining patomorfologik o‘zgarishlarini baholash va tashxislash samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 15.02.2024 yildagi 10-2/I-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 21.02.2024 yildagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash samaradorligi oshirilgan, bu esa tromboemboliya holatlarini kamaytiradi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, tromboemboliya asoratlari bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar metabolik sindrom tufayli magistral arteriyalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan morfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish, davolashga ketadigan mablag‘ni tejashga olib kelishi bilan izohlanadi. Xulosa: mazkur kasallikni shifoxona sharoitida davolash uchun sarflanadigan 650000 so‘m byudjet mablag‘lari COVID-19 dan vafot etganlarning autopsiya tekshiruvi ma’lumotlari asosida taklif etilgan amaliy tavsiyadan foydalanish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasida yallig‘lanish uchoqlarida, ayniqsa perivaskulyar va intravaskulyar subendotelial to‘qimalar atrofida CD3 limfotsitlarining ko‘payishi jarayonning og‘ir kechayotganini CD3 markerining yuqori pozitiv ekspressiyasi bilan ifodalanishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 yanvarda 24/236-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 infeksiyasida o‘pka tomirlarining patomorfologik o‘zgarishlarini baholash va tashxislash samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 15.02.2024 yildagi 10-2/I-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 21.02.2024 yildagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash samaradorligi oshirilgan, bu esa tromboemboliya holatlarini kamaytiradi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, tromboemboliya asoratlari bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar metabolik sindrom tufayli magistral arteriyalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan morfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish, davolashga ketadigan mablag‘ni tejashga olib kelishi bilan izohlanadi. Xulosa: mazkur kasallikni shifoxona sharoitida davolash uchun sarflanadigan 650000 so‘m byudjet mablag‘lari COVID-19 dan vafot etganlarning autopsiya tekshiruvi ma’lumotlari asosida taklif etilgan amaliy tavsiyadan foydalanish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasida birga ko‘shilib kelgan kasalliklarda qon tomirlarida morfologik va morfometrik o‘zgarishlarda farqdar, ya’ni nazorat guruhiga nisbatan o‘pka tomirlarining endoteliy va devorning mushak qavatlari ortishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 yanvarda 24/236-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 infeksiyasida o‘pka tomirlarining patomorfologik o‘zgarishlarini baholash va tashxislash samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 15.02.2024 yildagi 10-2/I-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 21.02.2024 yildagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash samaradorligi oshirilgan, bu esa tromboemboliya holatlarini kamaytiradi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, tromboemboliya asoratlari bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar metabolik sindrom tufayli magistral arteriyalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan morfologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish, davolashga ketadigan mablag‘ni tejashga olib kelishi bilan izohlanadi. Xulosa: mazkur kasallikni shifoxona sharoitida davolash uchun sarflanadigan 650000 so‘m byudjet mablag‘lari COVID-19 dan vafot etganlarning autopsiya tekshiruvi ma’lumotlari asosida taklif etilgan amaliy tavsiyadan foydalanish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish