Qosimova Xusnuraxon Oybek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kirish bo‘lakli gaplarning lingvopragmatik va lingvokulturologik jihatlari va tarjima muammolari (ingliz va o‘zbek tillari materiali asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil2949.
Ilmiy rahbar: Hoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Jamoldin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Rahmonov Ulug‘bek Bahodirovich, filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tipologik jihatdan noo‘xshash bo‘lgan ingliz va o‘zbek tillarida kirish bo‘lakli gaplarning struktural-semantik, lingvopragmatik va lingvokulturologik jihatlari qiyosiy-chog‘ishtirma baholash asosida kirish bo‘laklarning tarjima muammolari uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kirish bo‘laklarning parantez bo‘laklarning bir turi sifatidagi maqomi aniqlangan, ularning kiritma bo‘laklardan farqli “subektiv modal baho” ifodalash va “klishelashgan” tabiati kabi sintaktik-funksional jihatlari ochib berilgan; kirish bo‘laklarning lisoniy kognitiv asoslari ochib berilgan, ularning tasdiq, gumon, tartibni ifodalovchi so‘z, so‘z birikma, gaplar, qo‘shma gaplar bilan ifodalangan struktural-semantik turlarini aniqlangan;
kirish bo‘lakli gaplarning lingvopragmatik jihatlari ochib berilgan, ularni og‘zaki, yozma, siyosiy matnlarga xos, shuningdek, muloqotda assessivlar (baholash akti) sifatida turli vaziyatlarda ko‘p qo‘llaniladigan “konstativ”, “elativ”, “auditiv”, “konfessiv” kabi turlari lingvopragmemalar sifatida qo‘llanilishi asoslab berilgan;
kirish bo‘lakli gaplarning lingvokulturologik jihatlari ochib berilgan va ularning nutqdagi ijobiy, salbiy, neytral stilistik bo‘yoqqa ega va frazeologik birliklar bilan ifodalanuvchi lingvokulturemalar sifatidagi maqomi o‘rnatilgan;
kirish bo‘lakli gaplarning izomorfik va allomorfik jihatlari, ularni taqozo etuvchi lisoniy va nolisoniy omillar ochib berilgan hamda ularning translatologik muammolarini bartaraf etish bo‘yicha kommunikativ intensiyani saqlashga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimdagi tillarda kirish bo‘lakli gaplarning lingvopragmatik va linvokulturologik jihatlari qiyosiy tadqiqi va ularning tarjima jarayonlariga tatbiq etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotdan olingan xulosalar quyidagicha joriylashtirildi:
kirish bo‘laklarning parentez bo‘laklarning bir turi sifatidagi maqomini aniqlash, ularning kiritma bo‘laklardan farqli o‘ziga xos sintaktik-funksional jihatlarini ochib berish bo‘yicha muayyan tavsiyalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar grant loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-yanvar sanasidagi 206/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan moduldagi kirish bo‘laklarning parentez bo‘laklarning biri sifatidagi maqomini aniqlandi, ularning kiritma bo‘laklardan farqli o‘ziga xos sintaktik-funksional jihatlari ochib berildi hamda auditoriya tomonidan ushbu tavsiyalarga tegishli munosabatni shakllantirishga erishilgan;
kirish bo‘lakli gaplarning izomorfik va allomorfik jihatlari, ularni taqozo etuvchi lisoniy va nolisoniy omillar ochib berish hamda ularning translatologik va lingvodidaktik muammolarini bartaraf etish bo‘yicha muayyan tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillari institutida Evropa ittifoqi Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-fevral sanasidagi 240/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan moduldagi kirish bo‘lakli gaplarning izomorfik va allomorfik jihatlari, ularni taqozo etuvchi lisoniy va nolisoniy omillar ochib berildi hamda ularning translatologik va lingvodidaktik muammolarini bartaraf etish bo‘yicha muayyan tavsiyalar ishlab chiqildi hamda auditoriya tomonidan ushbu tavsiyalarga tegishli munosabatni shakllantirishga erishilgan;
kirish bo‘lakli gaplarning lingvokulturologik jihatlari va ularning lingvokulturemalar sifatidagi maqomi to‘g‘risida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM ”Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar“ muharririyati tomonidan tayyorlangan ”Ta’lim va taraqqiyot“, ”Adabiy jarayon“, “O‘zbekiston yoshlari” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda (2023–2024-yillar davomida) foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 29-yanvar sanasidagi 04-36-139-son ma’lumotnomasi). Natijasida, radiotinglovchilar tadqiqot mavzusi orqali kirish bo‘lakli gaplarning lingvokulturologik jihatlari va ularning bugungi kun uchun ahamiyati to‘g‘risida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lgan.