Abdujabborova Shoxista Adiljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida topishmoqlarning lingvopragmatik va lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil2091.
Ilmiy rahbar: Alpanova Shirinxon Xakimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qosimova Ma’rifat Badritdinovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o’zbek tillarida topishmoqlarning lingvopragmatik va lingvokulturologik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon va o’zbek tilshunosligi doirasida topishmoqlarning genezesi va rivojlanish tarixi chuqur o’rganilib, xalq og‘zaki ijodi janrlarida topishmoq va uning asosiy xususiyatlari asoslangan, shuningdek, topishmoq modelini tashkil etuvchi omillar, topishmoq leksemasining uzual va okkazional ekvivalentlariga asosan leksik-semantik maydoni (ingliz tilida conundrum, enigma, brain-teasers, puzzle, paradox, problem, teaser, poser, rebus, problem solving, critical thinking kabi sinonimlari, o’zbek tilida topmacha, topar, top-top (shevalarda), cho’pchak, jumboq, boshqotirma, chaldirmoq, masala, so’z o’yini, muammoli vaziyat, mantiqiy savol, tanqidiy fikrlash) shakllantirilgan;
ingliz va o’zbek tillarida topishmoqlarning struktural-semantik hamda kommunikativ-funksional jihatlari doirasida uning makromaydoni ochib berilgan, jumladan sintaktik strukturasi (sodda sentensema, qo’shma sentensema, aralash qo’shma sentensema, tekstema bilan ifodalangan topishmoqlar), kommunikativ maqsadi (darak sentensemali, so’roq sentensemali, undov sentensemali, buyruq sentensemali topishmoqlar), kognitiv-pragmatik jihatlari (qadimiy-dunyoviy topishmoqlar, aqlni charhlovchi, intellektual topishmoqlar, ko’ngilochar hazil topishmoqlar), stilistik xususiyatlari (leksik, sintaktik va fonetik vositalar), leksik xoslanishi (omonim, sinonim, antonim), semantik-tematik qiyofasi (kema va qurol-yaroqlar, kiyim-kechak, bezak va tikuvchilik asboblari, mehnat, ish qurollari va h.k.), javob turiga ko’ra kategoriyalanishi (bir mustaqil so’zdan iborat yashirin denotat, so’z birikmali yashirin denotat, bir guruhga oid so’zlar yig‘indisidan tashkil topgan yashirin denotat, jumladan hosil bo’lgan yashirin denotat) dalillangan;
ingliz va o’zbek topishmoqlarining lingvopragmatik xususiyatlari, unga ko’ra pragmatikaning asosiy elementlari – deyksis, presuppozisiya va implikatura doirasida topishmoqlarni kognitiv, kommunikativ, ijtimoiy va madaniy kontekstual ma’nolar anglatishi, nutqiy akt va kommunikativ strategiyalar kesimida qo’llanilishi, shuningdek ularning til va muloqotdagi funksiyalari yordamida maqsadga yo’naltirilishi asoslangan;
ingliz va o’zbek tillarida topishmoqlarning lingvokulturologik jihatlari ochib berilgan, unga ko’ra olamning lisoniy manzarasida topishmoqlarning izomorfik va allomorfik jihatlari, ularni taqozo etuvchi omillar hamda topishmoqlarning turli tillarga tarjima qilinishida yuzaga keladigan translotologik aspektlar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o’zbek tillarida topishmoqlarning lingvopragmatik va lingvokulturologik tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi topishmoqlarning xususiyatlari, unga ko’ra pragmatikaning asosiy elementlari – deyksis, presuppozisiya va implikatura doirasida topishmoqlarni kognitiv, kommunikativ, ijtimoiy va madaniy kontekstual ma’nolar anglatishi, nutqiy akt va kommunikativ strategiyalar kesimida qo’llanilishi, shuningdek ularning til va muloqotdagi funksiyalari yordamida maqsadga yo’naltirilishi hamda lingvopragmatik va lingvokulturologik talqinlari borasidagi dissertatsiyaning materiallari va natijalaridan Andijon davlat universitetida 2021–2023- yillarda bajarilgan IL-402104213 raqamli “O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 2024-yil 1-iyundagi 39-01-646-son ma’lumotnomasi). Natijada, olamning lisoniy manzarasida topishmoqlarning izomorfik va allomorfik jihatlari, ularni taqozo etuvchi omillar hamda topishmoqlarning turli tillarga tarjima qilinishida yuzaga keladigan translotologik aspektlar sifatida ilmiy ta’minotini yaxshilashga erishilgan. Ushbu dissertatsiya mavzusiga doir lingvistik atamalarni sharhlashda nazariy ta’minot yuqori darajada ta’minlanishiga asos bo‘lgan;
qiyoslanayotgan tillardagi topishmoqlarning sintaktik strukturasi, turli sentensemalar bilan ifodalanganligi, kommunikativ maqsadi, stilistik xususiyati, leksik xoslanishi, illyustrativ-obrazli ko’rinishi, semantik-tematik qiyofasi, javob turiga ko’ra kategoriyalanishi bo‘yicha muayyan tavsiyalar ishlab chiqish va taqdim etishda dissertatsiyaning tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan Qarshi davlat universitetida 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 12-martdagi 03-74-son ma’lumotnomasi). Natijada, topishmoqlarning struktural-semantik hamda kommunikativ-funksional jihatlari doirasida uning makromaydoni ochib berilgan hamda ularning ikki til doirasida qiyosiy-chog‘ishtirma tadqiqotning muayyan tavsiyalarini ishlab chiqishni shakllantirishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida topishmoqlarning lingvopragmatik va lingvokulturologik tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy va amaliy jarayonda olib borilgan xalq og‘zaki ijodi janrlarida topishmoqlarning qo’llanilishiga ko’ra faollik darajasi, “topishmoq-riddle” leksemalarining muqobillari berilganligi topishmoqlarni badiiy va sinxron tarjima jarayonida muqobil variantlarini topishda kengroq anglash nafaqat so‘zlovchiga, balki tinglovchiga nisbatan ham ta’sir ko‘rsatishi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan 2023-yil fevral va mart oylaridagi sonlarida “Ta’lim va taraqqiyot”, “Fan ufqlari” nomli eshittirishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasining 2024-yil 12-martdagi 04-36-362-son ma’lumotnomasi). Natijada, topishmoqlarining sotsiolingvistik va psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish hamda lingvopragmatik va lingvokulturologik talqinlarining ilmiy ta’minotini yoritib borish kabi amaliyotlarda manba sifatida tatbiq etilgan.