Qurbonov Muxiddin Abdullaevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“Xufiyona iqtisodiyot ulushini soliqlar vositasida kamaytirishda moliyaviy texnologiyalar amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt642
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termez davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Soliq tizimida moliyaviy texnologiyalardan foydalanilgan xolda xufiyona iqtisodiyotni legallashtirish hamda uning ulushini kamaytirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya kilishdan olingan daromadlari soliq davrida 100 million so‘mdan oshgan kundan e’tiboran yakka tartibdagi tadbirkor sifatida aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi sifatida avtomatik ro‘yxatga olish tartibi taklif etilgan;
soliq to‘lovchilarning tanloviga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan moliyaviy texnologiyalar asosida shakllantirish tartibi asoslangan;
investorlarni kapital bozoriga jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i stavkasini 5 foizga pasaytirish asoslangan;
qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘zaro hisobga olish soliq va bojxona organlari tomonidan moliyaviy texnologilarni qo‘llagan holda avtomatik rejimda amalga oshirish tartibi asoslangan;
«Tax free» tizimi ishtirokchilari o‘rtasida chet el fuqorolari tomonidan ayrim turdagi tovarlarni sotib olinishida to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qisman qaytarishga asoslangan axborot almashish imkonini beruvchi hamda to‘lovlarni amalga oshirishni «Tax free» onlayn avtomatlashtirilgan tizimi taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xufiyona iqtisodiyot ulushini soliqlar vositasida kamaytirishda moliyaviy texnologiyalar amaliyotini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya kilishdan olingan daromadlari soliq davrida 100 million so‘mdan oshgan kundan e’tiboran yakka tartibdagi tadbirkor sifatida aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi sifatida avtomatik ro‘yxatga olish tartibiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-son Qonuni 4-moddasiga asosan Soliq kodeksining 369-moddasini ishlab chiqishda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2024 yil 10 oktyabrdagi 18/2-102296-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zini o‘zi band qilgan 3125,9 ming nafar shaxslardan 9,9 ming nafari (0,3 foizi) 1 460,3 mlrd.so‘m tovar aylanmasini amalga oshirgan bo‘lsa, shundan 1,7 ming nafari 100 mln.dan ortiq va 56 nafari 1 mlrd.so‘mdan ortiq tovar aylanmani amalga oshirgan bo‘lib, ulardan o‘zini o‘zi band qilgan kasanachilarni moliyaviy texnologiyalar va tashqi manbadan olingan ma’lumotlar yordamida soliqqa jalb qilish orqali xufiyona iqtisodiyot sektoridan chiqarildi, hamda byudjetga 2024 yil 1 choragida 1.2 mlyard so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘ undirilishiga imkon yaratildi.
soliq to‘lovchilarning tanloviga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan moliyaviy texnologiyalar asosida shakllantirish tartibini joriy etishga doir taklifi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18 oktyabrdagi “Soliq organlari tomonidan ayrim soliq hisobotlarini shakllantirish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 548-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2024 yil 10 oktyabrdagi 18/2-102296-son ma’lumotnomasi). Natijada xufiyona iqtisodiyotni kamaytirish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi su’bektlarning 1-S va UzAsbo dasturlaridagi balans xisobotlaridan foydalangan holda soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda moliyaviy texnologiyalar qo‘llanilgan holda avtomatlashtirilgan tartibda soliq hisobotlarini shakllantirish imkonini yaratdi.
investorlarni kapital bozoriga jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i stavkasini 5 foizga pasaytirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi 291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2024 yil 10 oktyabrdagi 18/2-102296-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugun axolini qo‘lida bo‘lgan bo‘sh mablag‘larini moliya bozoriga ya’ni qimmatli qog‘ozlar bozoriga moliyaviy texnologiyalardan foydalanilgan xolda jalb qilinadi, korxona va mussasalarni qimmatli qog‘ozlari sotilishi jadallashadi, korxonalar resurslarini oshishiga olib keladi, fuqorolarning passiv daromadlari xajmi oshadi, axolini asosiy ish xaqidan tashqari passiv daromadlari oshishiga hamda undan undiriladigan soliqlar xajmini 0.7 mlrd.so‘mga oshishiga olib keldi.
qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘zaro hisobga olish soliq va bojxona organlari tomonidan moliyaviy texnologilarni qo‘llagan holda avtomatik rejimda amalga oshirish tartibiga doir taklifi 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-son “Soliq va byudjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2024 yil 10 oktyabrdagi 18/2-102296-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yil 1 yanvardan Soliq va Bojxona qo‘mitalari o‘rtasida har oy yakuni bilan soliq to‘lovchilar kesimida o‘zaro hisobga olingan QQS summalari to‘g‘risida elektron shaklda solishtirish dalolatnomasi tuzilishga va bu 27 ta xatdan iborat 18-20 kun davomida amalga oshirilgan soliq to‘lovchi, soliq organi va bojxona organi o‘rtasidagi xarakatni 1-2 kunda amalga oshirish imkonini yaratdi.
«Tax free» tizimi ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi hamda to‘lovlarni amalga oshirishni «Tax free» onlayn avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 noyabrdagi 653-sonli “Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkammasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2024 yil 10 oktyabrdagi 18/2-102296-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yil 1 yanvardan chet el fuqorolari tomonidan ayrim turdagi tovarlarni sotib olinishida to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (tax free) summasini moliyaviy texnologiyalar yordamida avtomatlashtirilgan tizimda qaytarib berilishi ta’minlandi.