Mukimov Abdullo Soatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mikrokremnezyom, seolit va metakaolin bilan modifikatsiyalangan portlandsement olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llash», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4830.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tog‘asharov Ahad Salimovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamzaev Nomoz Jovlievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mikrokremnezyom, seolit va metakaolin bilan modifikatsiyalangan portlandsement olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘shimchalarning portlandsement fizik-mexanik xossalariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mikrokremnezyom, seolit va metakaolin minerallarini trietanolamin bilan faollashtirish natijasida klinker va portlandsement uchun samarali qo‘shimcha olingan;
faollshtirilgan mineral qo‘shimchalarni portlandsement va klinkerga qo‘shimcha sifatida qo‘shish uchun optimal tarkiblari aniqlangan;
faollashtirilgan mineral qo‘shimchalar asosida olingan portlandsement qorishmalarining fizik-mexanik xossalari tegishli talablarga mos kelishi isbotlangan;
mikrokremnezyomni faollashtirish va faollashtirilgan mikrokremnezyom ishtirokida yuqori markali portlandsement ishlab chiqarish texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
faollashtirilgan mineral qo‘shimchalar asosida SEM II/A-I 32,5N markali sement olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mikrokremnezyom, seolit va metakaolin bilan modifikatsiyalangan portlandsement olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
faollashtirilgan mikrokremnezyom asosida yuqori markali sement olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№ FAP 2589. 20240187/2, 16.09.2024 yil). Natijada, faollashtirilgan mikrokremnezyom asosida yuqori markali sement olish usulini yaratish imkonini bergan;
mikrokremnezyom, seolit va metakaolin bilan modifikatsiyalangan portlandsement olish usuli “Sherobod sement zavodi” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 24 oktiyabrdagi 04/15-3144-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mikrokremnezyom, seolit va metakaolin bilan modifikatsiyalangan portlandsement olish uchun maqbul tarkibni ishlab chiqish imkonini bergan;
mahalliy mineral qo‘shimchalar yordamida portlandsement olish texnologiyasi “Sherobod sement zavodi” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyishmasining 2024 yil 24 oktiyabrdagi 04/15-3144-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mikrokremnezyom, seolit va metakaolin yordamida yangi tarkibli portlandsement olish imkonini bergan.