Atamuratova Dilorom Mamatmuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Colchicum Kesselringii o‘simligi tarkibidan kolxaminni ajratib olish texnologitasini takomillashtirish va uning hosilalari sintezi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5002.
Ilmiy rahbar: Alikulov Rustam Valievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Kamolov Luqmon Sirojiddinvich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Bozorov Lutfulla Ubaydullaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Colchicum Kesselringii o‘simligi tarkibidan kolxaminni ajratib olish, olingan kolxamin asosida uning yangi hosilalarini sintez qilish va ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyati va Hisor tog‘ tizmalarida o‘sadigan Colchicum Kesselringii o‘simligidan alkaloidlar fraksiyasi ajratib olingan va olingan alkaloidlarning miqdori geografik o‘sish hududiga qarab farq qilishi aniqlangan;
Colchicum Kesselringii o‘simligidan alkaloidlarni 5-7% li sirka kislotasi eritmasi yordamida selektiv ajratib olish samarali natija berishi aniqlangan;
Kolxaminning metakril kislotaning propargil efiri bilan reaksiyasi natijasida metakril kislotaning 4-(kolxamino-N-butin-2-il), α-fenil-β-sian akril kislotaning propargil efiri bilan reaksiyasi natijasida α-Fenil-β-sianakril kislotaning 4-(kolxamino N-butin-2-il), metakril kislotaning dimetiletinilkarbinol efiri bilan reaksiyasi natijasida metakril kislotaning 4-(Kolxamino-N/1,1-dimetilbutin-2-il) efirlari hamda dimetiletinilkarbinol bilan reaksiyasi natijasida 4-(Kolxamino-N/2’-metil-5’-propin-1) piridin sintez qilingan;
kolxamindan metakril kislotaning 4-(kolxamino-N-butin-2-il), α-Fenil-β-sianakril kislotaning 4-(kolxamino N-butin-2-il), metakril kislotaning 4-(Kolxamino-N/1,1-dimetilbutin-2-il) efirlari hamda 4-(Kolxamino-N/2’-metil-5’-propin-1) piridin sintez qilishning optimal sharoitlari aniqlangan;
kolxamindan sintez qilingan metakril kislotaning 4-(kolxamino-N-butin-2-il), α-Fenil-β-sianakril kislotaning 4-(kolxamino N-butin-2-il), metakril kislotaning 4-(Kolxamino-N/1,1-dimetilbutin-2-il) efirlari hamda 4-(Kolxamino-N/2’-metil-5’-propin-1) piridin tarkibiy qismi IQ, PMR-spektroskopiya usullari yordamida aniqlangan;
Colchicum Kesselringii o‘simligidan alkaloidlar aralashmasini va ulardan kolxaminni ajratib olishning yaxlit texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Colchicum Kesselringii o‘simligi tarkibidan alkalodlar yig‘indisini ajratish,  olingan alkaloidlar yigindisidan kolxaminni individual ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish va uning hosilalarini sintez qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Colchicum Kesselringii o‘simligidan alkaloidlar yig‘indisini ajratib olish texnologiyasi “NOVA PHARM” MChJ qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“NOVA PHARM” MChJ qo‘shma korxonasining 2023 yil 06 noyabrdagi 77-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Colchicum Kesselringii o‘simligidan alkaloidlar yig‘indisini ajratib olishning sirka kislotali usuli yuqori unum bilan ajratib olish imkonini bergan;
Markaziy Osiyoda o‘sadigan Loladoshlar oilasiga kiruvchi Colchicum Kesselringii o‘simligidan Kolxaminni ajratib olish texnologiyasi “NOVA PHARM” MChJ qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“NOVA PHARM” MChJ qo‘shma korxonasining 2023 yil 06 noyabrdagi 77-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlikdan alkaloidlarni ajratib olish usuli ishlab chiqarishda foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish