Nazarov Jamoliddin Toshkulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi texnogen rudalardan uran olish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish), 11.00.05 – Atrof-muhitni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T821.
Ilmiy maslahatchilar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, professor; Muzafarov Amrullo Mustafoevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universtiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali huzuridagi DSc.22/30.12.2019.T.98.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Duysebaev Baurjan Orazovich, texnika fanlari doktori, akademik; Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sultonov Shavkatjon Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Mineral resurslar instituti” Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilqum uran qazib olish sanoat hududlaridagi ikkillamchi texnogen maʼdanlarning geologik, mineralogik va texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda mineral xomashyoni qayta ishlash samaradorligini oshirish va ekologik yuklamani kamaytirish uchun uranni ajratib olishning ilmiy asoslangan texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi texnogen rudalardan uranga boy sinflarni granulometrik usulda ajratish asosida ikkilamchi texnogen rudalardan uran olish texnologiyasining prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
uran tarkibli ikkilamchi texnogen rudalarda 87,5 % uran qumli-gil tuproq tarkibidan uranni yaxshi eritmaga o‘tkazish uchun ijobiy hal qiluvchi omil hisoblangan yaxshi g‘ovaklik va o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan kichik o‘lchamli granula-zarrachalar tarkibida mujassamlashgan bo‘lishi va bu o‘lchamdagi rudalarning massasi umumiy massaning 69 % ni tashkil etishi aniqlangan;
qayta ishlashga jalb qilingan uran tarkibli ikkilamchi texnogen rudalar umumiy massasining 31 % ni katta o‘lchamli granula-zarrachalar tarkibli uran miqdori kam bo‘lgan rudalar tashkil etishi va ularni groxot yordamida mexanik ajratish yo‘li bilan jarayondan olib tashlash mumkinligi eksperimental aniqlangan;
ikkilamchi texnogen rudalar qatlamlarida uranning vertikal taqsimlanishi ularning saqlanish muddatiga chiziqli bog‘liqligi, ya’ni eski uran otvallari quyi qismlarida uran ko‘proq va yangi uran otvallarining butun hajmi bo‘ylab uranning bir xil taqsimlanishi aniqlangan;
ikkilamchi texnogen rudalardan uranni maksimal ajratib olish jarayonida qattiq va suyuqlikning (Q : S) optimal nisbatini tanlashda bu nisbat - 1:2 ga teng ekanligi eksperimental aniqlangan;
uranni uyumda eritmaga o‘tkazishdagi asosiy geotexnologik parametr - uranga boy sinflardan tarkibida kislotalarni yaxshi yutuvchi minerallarga ega tarkibli uran miqdori kam bo‘lgan tog‘ jinslarini ajratib tashlash hisobiga rudalarni kislotalash jarayoni vaqtini kamaytirish imkoniyatlari topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ikkilamchi texnogen rudalardan uranni ajratib olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi texnogen rudalardan uran olish texnologik prinsipial sxemasida asosiy ishchi qism sifatida groxotdan foydalanish Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining uran geotexnologiyasi laboratoriyasida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 2 iyuldagi 23/01-01-07/339-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ikkilamchi texnogen rudalarning katta o‘lchamli granulalar sinfini kichik o‘lchamli granulalar sinfidan ajratish imkonini bergan;
ikkilamchi texnogen rudalar tarkibidagi uranni o‘zida kam saqlagan qum - gilli qismni tadqiq qilishning granulometrik usuli uran geotexnoligiyasi laboratoriyasida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 2 iyuldagi 23/01-01-07/339-son ma’lumotnomasi). Natijada, uran umumiy miqdorining 12,5 % dan kam qismini o‘zida saqlovchi ikkilamchi texnogen rudalarni qayta ishlash jarayoniga jalb qilmaslik imkonini bergan;
ikkilamchi texnogen rudalardan uran olish jarayonida umumiy massaning 2/3 qismini qayta ishlashga jalb qilish tavsiyasi «NKMK» AJ uran geotexnologiyasi laboratoriyasida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ 2024-yil 2-iyuldagi № 23/01-01-07/339-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikkilamchi texnogen rudalardan 85 % dan ortiq uran olish imkonini bergan;
ikkilamchi texnogen rudalardagi uranning hajmiy taqsimlanishini o‘rganish asosida uran chiqindilarining yuqori qatlamlaridan foydalanmaslik tavsiyasi MITL uran geotexnologiyasi laboratoriyasida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 2 iyuldagi 23/01-01-07/339-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uran chiqindilaridan uranni eritmaga o‘tkazish jarayoniga ularning yarmidan pastki qismini jalb qilish imkonini bergan;
ikkilamchi texnogen rudalar uyumining kislotalanish vaqtini kamaytirish imkoniyati 2018-2020 yillarda «NKMK» AJ uran geotexnologiyasi laboratoriyasi tomonidan Uchquduq geotexnologik konida uranni uyumda eritmaga o‘tkazish jarayonida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 2 iyuldagi 23/01-01-07/339-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ikkilamchi texnogen rudalar uyumining kislotalanish vaqtini 12 % gacha kamaytirish imkonini bergan.