Polvonov Nurbek Omonboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Konchilik korxonalaridagi tasmali konveerlar roliklari ish samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4619.
Ilmiy rahbar: Ataqulov Lazizjon Nematovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Ilxom Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Toshov Javoxir Bo‘rievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tasmali konveerning rolik va rolik tayanchlari konstruksiyasini takomillashtirish asosida ularning chidamliligi, ishonchliligi va ishlash muddatini uzaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasmali konveerning yuklash joyidagi rolik va rolik tayanchlariga ta’sir etuvchi kuchlarni taqsimlash imkonini beruvchi prujinaning siqilish masofasini, unig bikrligi, yuk og‘irligi o‘zgarishiga o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
tasmali konveer rolik konstruksiyasini o‘zgartirish orqali konveer roliklariga xizmat ko‘rsatishning texnik ko‘rik ishlarining vaqtga bog‘liqligi o‘rnatilgan va roliklarni ta’mirlash uchun ketgan vaqtni 10 % gacha kamaytirilishi aniqlangan;
konveer yuklanadigan uchastkasida roliklar ishlash muddati unga tushadigan yuklama natijasida o‘qning vaqt birligida siljishiga bog‘liqligi o‘rnatilgan va uning ta’sirini kamaytirish uchun rolikning qopqoqli konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ishqalanish kuchlar asosida paydo bo‘lgan tebranishlarning vaqt birligida rolik tezligi va tezlanishlariga ta’siri aniqlangan va rolik podshipniklarini moylash usulini qo‘llash bilan tebranishlarning ruxsat etilgan qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tasmali konveer yuk yuklash joyidagi rolik va rolik tayanchlari ishchi elementlarini takomillashtirish va ekspluatatsion samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tasmali konveer roligini takomillashtirilgan rezbali qopqog‘i «Qizilqumsement» AJ hamda «Navoiy sheben xom-ashyo» karerlaridagi tasmali konveerlarga amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 2 iyuldagi 02/15-1677-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ jinslarining tasmali konveerga yuklash nuqtasida qo‘llanilayotgan roliklarning ishlash muddatini 47-50 % ga oshirish, roliklar hisobiga kelib chiqadigan to‘xtalishlarni 35-38 % ga kamaytirish imkonini bergan;
konveer podshipniklarni moylash naychasi va rolik tayanchining yangi konstruksiyasi «Qizilqumsement» AJ hamda «Navoiy sheben xom-ashyo» karerlaridagi tasmali konveerlarga amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 2 iyuldagi 02/15-1677-son ma’lumotnomasi). Natijada, konveerda umumiy hisobda yuzaga keladigan to‘xtalishlarni 5-8 % gacha kamaytirish, tasmali konveerlar roliklarini almashtirish va ta’mirlash uchun sarflanadigan xarajatlarni 23-29 % gacha qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish