Normaev Qobilbek Husanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Skvajinalarni burg‘ilashda texnologik avariyalarni va geologik asoratlarni bartaraf etuvchi texnik echimlarni ishlab chiqish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5003.
Ilmiy rahbar: Djuraev Rustam Umarxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Muminov Rashid Olimovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ashirov Furkat Usubovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: skvajinalarni burg‘ilash davomida yuvuvchi suyuqliklarni yutilishini samarali bartaraf etish va burg‘ilash kolonnasida sodir bo‘ladigan nosozliklarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
skvajinalarni burg‘ilash jarayonida yuvuvchi suyuqlikning yutilishi kuzatilganda skvajina devorlarining darzdorlik va g‘ovakliklarini hajmini hisoblash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
burg‘ilash suyuqligini to‘liq yutilishini bartaraf etuvchi burg‘ilash snaryadini samarali qo‘llanilishi skvajina diametridan kelib chiqqan holda kengayuvchi mustahkamlash quvuri devorining qalinligiga bog‘liqligi aniqlangan va kengayuvchi quvur devorini qalinligini optimal kattaligini skvajina diametriga nisbatan tuzilgan chiziqli funksiya orqali aniqlash imkonini beruvchi ifoda yaratilgan;
burg‘ilash quvurining rezbali qulfli ulanish qismlarini eritib qoplab qayta tiklanganda qattiqlikni ta’minlashda termik va kriogen ishlov berishning optimal parametrlarini aniqlash imkonini beruvchi matematik model yaratilgan;
burg‘ilash quvurlarining rezbali qulfli ulanish qismlarini eritib qoplab qayta tiklangandan so‘ng uning qattiqligi, cho‘zilishga bo‘lgan nisbiy uzayishi va uzilishga ko‘rsatadigan qarshilik kuchini yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlash imkonini beruvchi termik ishlov berish jarayonining optimal ketma-ketligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Skvajinalarni burg‘ilashda texnologik avariyalarni va geologik asoratlarni bartaraf etuvchi texnik echimlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
burg‘ilash quvurining qulfli ulanish qismini qayta tiklash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Geologik qidiruv ekspedisiyasining Markaziy geologik qidiruv partiyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 30 avgustdagi 23/01-01-07/510-son ma’lumotnomasi). Natijada, qayta tiklangan qulf ulanish qismlarini qo‘llash burg‘ilash kolonnasida sodir bo‘ladigan rezbali qulf ulanish qismlarini uzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan avariyalar sonini 65% gacha kamaytirish imkonini bergan;
burg‘ilashda yuvuvchi suyuqlikni yutilishini bartaraf etuvchi burg‘ilash snaryadi konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Geologik qidiruv ekspedisiyasining Markaziy geologik qidiruv partiyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 30 avgustdagi 23/01-01-07/510-son ma’lumotnomasi). Natijada, burg‘ilash suyuqligini yutuvchi gorizontlarda to‘xtatilgan skvajinalarda burg‘ilash ishlarini yangilash, burg‘ilash suyuqligini yutilishi sababli sodir bo‘ladigan avariyalarni oldini olish va og‘ir geologik sharoitlarda burg‘ilash ishlari tannarxini 45% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish