Xazratova Zuxra Mamaraimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jurnalistlarning ommaviy axborot vositalari terminlari asosida leksik kompetensiyasini shakllantirish (ingliz tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2001.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Ro‘zana Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Kurbanbaev Javod Aminbaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ommaviy axborot vositalari terminlarini ingliz tilida o‘qitish asosida bo‘lajak jurnalistlarning leksik kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 ommaviy axborot vositalari terminlarini ingliz tilida o‘qitish orqali leksik kompetensiyani shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari English for Specific Purpose (ESP) tamoyili asosida CLT metodini talabalarning kasbiy va shaxsiy ehtiyojlari, til o‘rganishga motivatsiya, muloqot qobiliyati, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvch omillarini baholash asosida aniqlashtirilgan;
ommaviy axborot vositalari terminlarini ingliz tilida o‘qitish orqali bo‘lajak jurnalistlar leksik kompetensiyasini shakllantirish mexanizmi CLT metodi asosida yaratilgan autentik materiallardan iborat didaktik materiallardagi terminlar xususiyatlarini struktur, leksik-semantik va pragmatik  aspektlarda o‘zbek tili bilan solishtirish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
ommaviy axborot vositalari terminlarini ingliz tilida o‘qitish orqali bo‘lajak jurnalistlar leksik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi samaradorligi  media terminlarni mustahkamlashga doir aytentik materiallarga asoslangan reseptiv, produktiv, situativ- kommunikativ, interaktiv mashq va topshiriqlarni tizimli qo‘llashni maqsadli kiritish  asosida takomillashtirilgan;
ommaviy axborot vositalari terminlarini ingliz tilida o‘qitish orqali bo‘lajak jurnalistlar leksik kompetensiyasini shakllantirishning linvodidaktik ta’minoti  shakllantirish (“Formation”), rivojlantirish (“Developing”), farqlash (“Differentiation”), tavsiflash (“Description”) va foydalanish (“Using”) deb nomlanuvchi besh turdagi mashqlar jamlanmasi termin xaqida bilim, ko‘nikma, malaka qobiliyatlarini shakllantirish jarayoniga integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ommaviy axborot vositalari terminlarini ingliz tilida o‘qitish asosida bo‘lajak jurnalistlar leksik kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ommaviy axborot vositalari terminlarini ingliz tilida o‘qitish orqali leksik kompetensiyani shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari English for Specific Purpose (ESP) tamoyili asosida CLT metodini talabalarning kasbiy va shaxsiy ehtiyojlari, til o‘rganishga motivatsiya, muloqot qobiliyati, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvch omillariga oid xulosa va takliflardan O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazining Britaniya kengashi tomonidan taqdim qilingan EMI in Higher Education for Uzbekistan (Co-ordinating and Supporting Continuing Professional Development in EMI) dasturi (2020-yil oktyabr-dekabr) dasturi doirasida turli mutaxassislik yo‘nalishlariga tegishli terminlarning elektron lug‘at bazasini yaratishda foydalanilgan (O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 10-05/88-1-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu elektron lug‘at sohaga yo‘naltirilgan chet tillar (ESP)ni o‘qitish sohasidagi terminlarni tavsiflash, bo‘lajak jurnalistlar kasbiy faoliyatini rivojlantirish, sohaga yo‘naltirilgan chet tillar (ESP)ni o‘rganuvchilar, tadqiqotchilar va xorijiy tillarda mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
ommaviy axborot vositalari terminlarini ingliz tilida o‘qitish orqali bo‘lajak jurnalistlar leksik kompetensiyasini shakllantirish mexanizmi CLT metodi asosida yaratilgan autentik materiallardan iborat didaktik materiallardagi terminlar xususiyatlarini struktur, leksik-semantik va pragmatik  aspektlarda o‘zbek tili bilan solishtirish algoritmiga oid xulosa va takliflardan O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazining til o‘qitish modullari dasturlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazining 2021-yil 29-maydagi 10-05/84-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistika sohasida hamda maxsus maqsadlarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
ommaviy axborot vositalari terminlarini ingliz tilida o‘qitish orqali bo‘lajak jurnalistlar leksik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi samaradorligi  media terminlarni mustahkamlashga doir aytentik materiallarga asoslangan reseptiv, produktiv, situativ- kommunikativ, interaktiv mashq va topshiriqlarni tizimli qo‘llashga doir xulosa va takliflardan “TUMED – International Alumni Association (TUMED – Xalqaro bitiruvchilar uyushmasi)”ning “Uluslararası Mezunlar Karier İnşaası (Xalqaro bitiruchilarning kelajak karerasini qurish)” loyihasida foydalanilgan (TUMED – Xalqaro bitiruvchilar uyushmasining Uluslararası Mezunlar Dernegi, 5 04/04/2023-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy ta’limga xalqaro miqyosdagi kasbiy ta’lim tendensiyalarni kiritish va rivojlantirish strategiyalarini qo‘llash imkoniyatlari ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish