O‘ktamova Navro‘za Botir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jurnalistlarga ingliz tilini o‘qitishda sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtirish (siyosiy-ijtimoiy matnlar misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3659.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Babaniyazova Nargiza Po‘latovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jurnalist-talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasini siyosiy-ijtimoiy matnlar asosida takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy-ijtimoiy matnlar bilan ishlashning “S.P-T-E-X-T (theme, evidence, explore and examine, take note)” mexanizmi sotsiolingvistik kompetensiya takomillashuv tarkibi “sotsio” va “lingvistik” qismlardagi subkompetensiyalar birlashuvi hamda sotsiolingvistik kompetensiya komponentlarini integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
sohaga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda siyosiy-ijtimoiy matnlar tanlash bosqichlari Stiven Krashenning “Tushunarli matn” mexanizmi va strategiyasiga hamda tarkibiy (sintaktik) tamoyil, ma’noviy (semantik) tamoyil, taqriziy (pragmatik) tamoyil, madaniy tamoyil, tahliliy (vazifaviy) tamoyil, texnik tamoyillar uzviyligiga asoslangan holda tanlash manbai, tanlash mezoni va tanlash birligi bosqichlaridan iborat ekanligi dalillangan;
yuqori samaradorlikka erishiga xizmat qiluvchi lingvodidaktik texnologiya “Til portfeli” muhim vosita ekanligi matn integratsiyalashgan kommunikativ o‘qitish texnologilarining ikki bosqichli tizimi (matn bilan ishlash jarayonida, matndan keyingi tushunilganlik darajasini aniqlash) hamda avtomatlashgan maxsus mashqlarni qo‘llash asosida aniqlangan;
sotsiolingvistik kompetensiya komponentlari tarkibiga “kontekstual moslashuv” komponenti kiritilib, ularni gorizontal integratsiya qilish asosida bo‘lajak jurnalistlarning sotsiolingvistik kompetensiya darajasini aniqlash mezoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jurnalistlarga ingliz tilini o‘qitishda sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtirish (siyosiy-ijtimoiy matnlar misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
siyosiy-ijtimoiy matnlar bilan ishlashning “S.P-T-E-X-T (theme, evidence, explore and examine, take note)” mexanizmi sotsiolingvistik kompetensiya takomillashuv tarkibi “sotsio” va “lingvistik” qismlardagi subkompetensiyalar birlashuvi hamda sotsiolingvistik kompetensiya komponentlarini integratsiyasiga doir ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022 yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh Shtabining 2024-yil 11-iyundagi 10/1114-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ilmiy natijalari loyiha doirasida dastur, qo‘llanma va ishlanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
sohaga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda siyosiy-ijtimoiy matnlar tanlash bosqichlari Stiven Krashenning “Tushunarli matn” mexanizmi va strategiyasiga hamda tarkibiy (sintaktik) tamoyil, ma’noviy (semantik) tamoyil, taqriziy (pragmatik) tamoyil, madaniy tamoyil, tahliliy (vazifaviy) tamoyil, texnik tamoyillar uzviyligiga asoslangan holda tanlash manbai, tanlash mezoni va tanlash birligiga doir ilmiy natijalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Istiqbol” tadqiqot markazida 2022-2024 yillarda bajarilayotgan 85-05/57-raqamli “Hech kim mehr va e’tibordan qolmasin” nomli innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Istiqbol” tadqiqot markazi 2024-yil 15-iyuldagi 1/20-son ma’lumotnomasi). Natijada, xulosa va tavsiyalar loyiha doirasida elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
yuqori samaradorlikka erishiga xizmat qiluvchi lingvodidaktik texnologiya “Til portfeli” muhim vosita ekanligi matn integratsiyalashgan kommunikativ o‘qitish texnologilarining ikki bosqichli tizimi (matn bilan ishlash jarayonida, matndan keyingi tushunilganlik darajasini aniqlash) hamda avtomatlashgan maxsus mashqlarni qo‘llashga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022 yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh Shtabining 2024-yil 11-iyundagi 10/1114-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ilmiy natijalari loyiha doirasida dastur, qo‘llanma va ishlanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
sotsiolingvistik kompetensiya komponentlari tarkibiga “kontekstual moslashuv” komponenti kiritilib, ularni gorizontal integratsiya qilish asosida bo‘lajak jurnalistlarning sotsiolingvistik kompetensiya darajasini aniqlash mezoniga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat telekanali” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat telekanali” davlat muassasasi 2024-yil, 1-apreldagi 01-02/77-son ma’lumotnomasi). Natijada, jurnalistik matn yaratish jarayonida aniqlangan xatolarni bartaraf etishga qaratilgan didaktik taʼminot takomillashtirilgan.