Olimova Aziza Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarixiy taqqoslash va kartografik usullar yordamida talabalarda analitik ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped255.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temurbek Islomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tarixiy taqqoslash va kartografik usullar yordamida talabalarda analitik ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda analitik fikrlashning pedagogik zarurati bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligida tanqidiy yondashuv, tahlil qilish va qaror qabul qilish kabi analtik ko‘nikmalarning rolini kognitiv pedagogika va konstruktivizm nazariyalarining rivojlanayotgan tabiatiga faol ta’lim strategiyalari yordamida singdirish orqali asoslangan;
talabalarning analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirishda tarixiy hodisalarni qiyoslash, kartografik modellashtirish va viziual tahlil elementlarini global dunyoqarash, multikulturalizm va multidissiplinar yondashuvlar orqali virtual o‘quv muhitiga metodik jihatdan moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda analitik ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi tarixiy taqqoslash va kartografik usullardan ta’lim jarayonida birgalikda foydalanish imkoniyatlarini kasbiy va fan bilan bog‘liq kompetensiyalarga tarixiy va geografik ma’lumotlarni vizual tahlil qilishga qaratilgan kartografik tamoyillarga muvofiq integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik texnologiyalarda tarixiy va kartografik usullarni uyg‘unlashtirishning metodik imkoniyatlarini analitik tafakkur, tahlil, mantiqiy fikrlash va sabab-oqibat munosabatlariga muvofiq qo‘llashning amaliy mexanizmlarini takomillashtirish asosida tarixiy taqqoslash va kartografik usullarni ta’lim amaliyotida integratsiyalab qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy taqqoslash va kartografik usullar yordamida talabalarning analitik ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligida tanqidiy yondashuv, tahlil qilish va qaror qabul qilish kabi analtik ko‘nikmalarning rolini kognitiv pedagogika va konstruktivizm nazariyalarining rivojlanayotgan tabiatiga faol ta’lim strategiyalari yordamida singdirish orqali asoslangan talabalarda analitik fikrlashning pedagogik zarurati bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 4 oktyabrdagi 04/18-3854-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy taqqoslash va kartografik usullar yordamida talabalarda analitik tafakkurni rivojlantirishning mezon va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirishda tarixiy hodisalarni qiyoslash, kartografik modellashtirish va viziual tahlil elementlarini global dunyoqarash, multikulturalizm va multidissiplinar yondashuvlar orqali virtual o‘quv muhitiga metodik jihatdan moslashtirish asosida takomillashtirilgan talabalarning analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari bo‘yicha xulosalar “Geografiyani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikas Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-son buyrug‘i bilan taqdim etilgan 314-200 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, tarix va geografiya ta’limining didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
tarixiy taqqoslash va kartografik usullardan ta’lim jarayonida birgalikda foydalanish imkoniyatlarini kasbiy va fan bilan bog‘liq kompetensiyalarga tarixiy va geografik ma’lumotlarni vizual tahlil qilishga qaratilgan kartografik tamoyillarga muvofiq integratsiyalash asosida takomillashtirilgan talabalarda analitik ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi, pedagogik texnologiyalarda tarixiy va kartografik usullarni uyg‘unlashtirishning metodik imkoniyatlarini analitik tafakkur, tahlil, mantiqiy fikrlash va sabab-oqibat munosabatlariga muvofiq qo‘llashning amaliy mexanizmlarini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan tarixiy taqqoslash va kartografik usullarni ta’lim amaliyotida integratsiyalab qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2023 yil 26 apreldagi 04-36-635-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarix va geografiya ta’limida talabalarning analitik ko‘nikmalarini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi takomillashtirish bo‘yicha metodik ta’minot ommalashtirilgan..