Pardaboev Utkir Abduraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kredit-modul tizimi jarayonida talabalarning individual ishlashini tashkil etishini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7121.
Ilmiy rahbar: Qarshiboev Sharof Egamnazarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; O‘rinov Uygun Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida kredit-modul tizimi jarayonida talabalarining individual faoliyatini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda individual faoliyatini rivojlantirishning maqsadli tizimi, individual faoliyatini rivojlantirish bosqichlari va tarkibiy komponentlarini inobatga olgan holda talabalarning o‘z-o‘zini rivojlantirish xaritasi ishlab chiqilgan;
talabalarda erkin va ochiq fikrlash orqali qaror qabul qilish qobiliyatlari shakllantirish ehtiyoj, motivatsiya, ijod, ijodiy, faoliyat va ijodiy qobiliyatlarni inobatga olgan holda talabalarning individual faoliyatlarini rivojlantirishning mantiqiy funksional modeli va didaktik shart-sharoitlari ishlab shiqilgan;
o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasi individual xususiyatlarni maksimal hisobga olish, ijodiy atmosferaning barqarorligini ta’minlash hamda “Individual tadqiqot topshiriqlari” metodi, “Rezyume” (Veer) metodi, “Munozaralar va muhokamalar” metodi, “Ekspert baholash” kabi interfaol metodlarga ko‘ra takomillashtrilgan;
“Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi va servisi” o‘quv fani vositasida o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘uisha individual faoliyatning ijobiu dinamikligini kengaytirish asosida talabalarda individual faoliyatlarni darajasini aniqlash va diagnostik baholash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimi jarayonida talabalarning individual ishlashini tashkil etishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda individual faoliyatini rivojlantirishning maqsadli tizimi, individual faoliyatini rivojlantirish bosqichlari va tarkibiy komponentlarini inobatga olgan holda talabalarning o‘z-o‘zini rivojlantirish xaritasi va dasturi ishlab chiqildi hamda talabalar amaliyotining o‘quv-didaktik ta’minoti optimallashtirildi, malakalarni chuqurlashtirish, dunyoqarashni kengaytirish va nazorat qilishga oid ishlanmalar “Texnicheskaya ekspluatatsiya i servis avtomobiley” o‘quv qo‘llanmasi” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi OTFIVning 29.05.2023 yil 232-son buyrug‘i, №232-764 guvohnoma). Natijada mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot orqali bo‘lajak muhandis tayyorlashning sifatini oshirishga erishilgan;
talabalarda erkin va ochiq fikrlash orqali qaror qabul qilish qobiliyatlari shakllantirish ehtiyoj, motivatsiya, ijod, ijodiy faoliyat va ijodiy qobiliyatlarni inobatga olgan holda  talabalarning individual faoliyatlarini rivojlantirishning mantiqiy funksional modeli va didaktik shart-sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Jizzax politexnika instituti va OOT “A+S Transproekt” hamkorligida tuzilgan 07.20/006-T-SPZ sonli shartnomaga asosan “Samarqand aglomeratsiyasi uchun yo‘lovchilar oqimini aniqlash” mavzusidagi xalqaro amaliy loyihasi, Jizzax politexnika instituti va Jizzax shahar hokimligi o‘rtasida tuzilgan 2020-yil 10-iyundagi 32-son “Jizzax shahrining transport modelini rivojlantirish bo‘yicha muhandislik xizmatlarini ko‘rsatish” mavzusidagi shartnoma doirasida bajarilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24 sentyabrdagi 02/01-01-82-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning individual ishlashini tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan;
o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasi individual xususiyatlarni maksimal hisobga olish, ijodiy atmosferaning barqarorligini ta’minlash, “Individual tadqiqot topshiriqlari” metodi, “Rezyume” (Veer) metodi, “Munozaralar va muhokamalar” metodi, “Ekspert baholash” kabi interaktiv metodlar yordamida takomillashtirilgan va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24 sentyabrdagi 02/01-01-82-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kasbiy ko‘nikma va amaliy malakalar rivojlangan, mazkur o‘quv-metodik ta’minot integrativ ta’lim muhitida bo‘lajak muhandisning ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga xizmat qilgan.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish