Yusupov Sardorbek Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxs murojaatlari bilan ishlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu91.
Ilmiy rahbar: Tul`teev Il`yas Tavasovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Raxim Rasuljonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Xaitov Xushvaqt Saparbaevich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxs murojaatlari bilan ishlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunining tatbiq qilish sohasini aniqlashtirish hamda davlat organlarining murojaatlar bilan ishlashda kelib tushayotgan murojaatlarni aynan bir shaxs tamonidan bir xil mazmundagi bir necha bor berilishi, real vaqt rejimida video aloqa vositalari orqali murojaatlarni qabul qilish va aynan bir mazmundagi murojaatlarni ko‘chirma nusxalariga huquqiy baho berish, aniqlashtirish maqsadida «takroriy murojaat», «murojaatning dublikati», «videkonferensaloqa» kabi tushunchalar bilan to‘ldirilgan;
murojaatni ko‘rib chiqayotgan davlat organi, agar takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning to‘la-to‘kis materiallari mavjud bo‘lsa, va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan bo‘lsa, murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishi zarurligi asoslangan;
murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra tuzilgan ma’lumotnomalar (sharhlar) tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi zarurligi asoslangan;
«Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunning tatbiq qilish sohasini aniqlashtirish hamda davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxs murojaatlari bilan ishlashda ularning hamkorligini yo‘lga qo‘yish va ichki ishlar organi xodimi o‘ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi shartligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxs murojaatlari bilan ishlashining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi 8-qismi, 16-moddasi 1-qismi to‘rtinchi xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2017 yil 26 yanvardagi 06/2-06/170vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amalga oshirilishi qonunni tatbiq qilish sohasini aniqlashtirishga, ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxs murojaatlari bilan ishlash sohasidagi tizimli hamkorligini amalga oshirishga xizmat qilgan;
fuqarolar va ularning murojaat qilish huquqini ta’minlashga oid normalarni tatbiq qilish haqidagi takliflar «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 28-moddasi 4-qismining uchinchi xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2017 yil 26 yanvardagi 06/2-06/170vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amalga oshirilishi qonunchiligimizda ichki ishlar organi xodimlarini o‘z xizmat vazifalarini amalga oshirishda murojaatlar bilan tezkor ishlashning xalqaro standartlarga moslashuviga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunining tatbiq qilish sohasini aniqlashtirish, murojaatlarni ko‘rib chiqayotgan davlat organlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlariga ziyon etishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash hamda bartaraf etishga oid normalarni tatbiq qilish haqidagi takliflar «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi yangi tahrirda qabul qilingan Qonunning 1-moddasi 2–3-qismlari, 3-moddasi 2-qismi, 5-moddasi 1-qismi, 21-moddasi 1-, 2–3-qismlari, 28-moddasi 2–3-qismlari, 29-moddasi 2–3-qismlari, 30-moddasi 2-, 3–4-qismlari, 35-moddasi 1-, 2–3-qismlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017 yil 26 oktyabrdagi 06/2-06/170vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bilan bog‘liq jarayonlarning batafsil tartibi va muddatlarining mustahkamlanishiga xizmat qilgan.