Begmatov Baxriddin Yaxshiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarmoqlararo integratsiyani ta’minlash jarayonida talabalarning ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi (Transport vositalari muhandisligi ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped1589.
Ilmiy rahbar: Askarov Ixtiyorjon Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Alimov Normurod Nosirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarmoqlararo integratsiyani ta’minlash jarayonida talabalarning ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslari orqali ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tamoyillarga asoslangan holda korxona va ta’lim muassasalarining tarmoqlararo integratsiya tuzilmasi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilarining talablari asosida talabalarning ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan talabalar amaliyotini interaktiv boshqarishga mo‘ljallangan integratsiyalashgan web-sayt hamda tashkiliy-tuzilmaviy model ishlab chiqilgan;
ta’lim jarayonida integratsiyalashgan web-texnologiyalardan foydalanish asosida verbal intellektli talabalarning ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi “On the job training”, “Bulutli texnologiya”, “Critical thinking development technology” kabi interaktiv metodlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
talabalarga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablar va sifat ko‘rsatkichlarini baholashning reproduktiv, variativ, yaratuvchilik mezonlari asosida talabalarning ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini aniqlash va diagnostik baholash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarmoqlararo integratsiyani ta’minlash jarayonida talabalarning ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslari orqali ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tamoyillarga asoslangan holda korxona va ta’lim muassasalarining tarmoqlararo integratsiya tuzilmasi takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2021-2023yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi bajarilishida foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023-yil 21-oktyabrdagi 01-2447-2434-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kasbiy ko‘nikma va amaliy malakalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan talabalar amaliyotini interaktiv boshqarishga mo‘ljallangan integratsiyalashgan veb-texnologiya ishlab chiqildi hamda talabalar amaliyotining o‘quv-didaktik ta’minoti optimallashtirildi, malakalarni chuqurlashtirish, dunyoqarashni kengaytirish va nazorat qilishga oid ishlanmalar “Avtomobillar: konstruksiyasi va hisobi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 27.12.2019 yildagi 1186-son buyrug‘i, № 1186-166 guvohnoma). Natijada mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot orqali bo‘lajak muhandislarni tayyorlashning sifatini oshirishga erishilgan;
integrativ ta’lim muhitida bo‘lajak muhandisning ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-tuzilmaviy modeli hamda metodikasi “On the job training”, “Bulutli texnologiya”, “Critical thinking development technology” kabi interaktiv metodlardan “Avtomobillar nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 27.03.2023 yildagi 68-son buyrug‘i, № 68-697 guvohnoma). Mazkur o‘quv-metodik ta’minot integrativ ta’lim muhitida bo‘lajak muhandisning ishlab-chiqarish va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan.