Toxtiyarova Shaxnoza Erkinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv taʼlimga tayyorlashning pedagogik-korreksion strategiyalarini takomillashtirish”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped1447.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslaxatchi: Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Raxmankulova Nargiza Xodjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Saidova Moxinur Jonpulatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv taʼlim yuzasidan malakasini oshirishning pedagogik-korreksion strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashga doir pedagogik-korreksion strategiyalarning pedagogik imkoniyatlari korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim traektoriyasini elementarizasiya, kontekstualizasiya va personallashtirish, ta’lim olish huquqining amaliy natijadorligi va o‘quvchilarning turli o‘quv ehtiyojlarini darajalash hamda ta’lim berish universalligini izchil ta’minlashga dinamik ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning pedagogik-korreksion strategiyalari takomillashtirish texnologiyasi differensiallashgan ko‘rsatmalar, xulq-atvor menejmenti tarkibiy elementlarining aniq maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlash, kollaborativ faoliyat yuritish omillarini kritik, boshlang‘ich, professional, ekspert darajalari validligini bosqichma-bosqich integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning pedagogik-korreksion strategiyalarini takomillashtirish modeli akademik o‘zlashtirish, psixik rivojlanish, to‘liq ijtimoiy integratsiya va mazmunli ishtirokining personallashtirilgan pedagogik-korreksion va inklyuziv-moslashuvchanlik omillarining vektorli harakatini tashkil etish hamda multidissiplinar yondashuvga muvofiq faoliyatning diagnostik, nazariy, amaliy, baholash va universal ta’lim dizayni, differensial ko‘rsatmalar texnologiyalarini prognostik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning pedagogik-korreksion strategiyalarini takomillashtirish jarayoni o‘quv-bilish faoliyatining komponentlarini ta’limning universal dizayni, differensiyalashgan ko‘rsatmalar, neyropsixologiya, sensor integratsiyaning didaktik va korreksion taqsimotini adaptiv uyg‘unlashtirish hamda reaktiv va proaktiv chora-tadbirlar jarayonlari idientiv yaxlitligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning pedagogik-korreksion strategiyalarini takomillashtirish jarayoni hamkorlik faoliyati va o‘zaro ishonch omilini oshirishga qaratilgan pedagogik mikromuhit yaratish hamda ta’limiy-texnologik infratuzilmani intensiv kengaytirish, o‘quv materiallarini oddiydan murakkabga qarab bosqichma-bosqich rivojlantirish va ta’lim ehtiyojlariga progressiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlash samaradorligini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashga doir pedagogik-korreksion strategiyalarning pedagogik imkoniyatlari korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim traektoriyasini elementarizasiya, kontekstualizasiya va personallashtirish, ta’lim olish huquqining amaliy natijadorligi va o‘quvchilarning turli o‘quv ehtiyojlarini darajalash hamda ta’lim berish universalligini izchil ta’minlashga dinamik ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir tavsiyalar “Inklyuziv ta’lim” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 4-iyuldagi 11/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024-245-U-356 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlash mazmuni takomillashtirish imkoni yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning pedagogik-korreksion strategiyalari takomillashtirish texnologiyasi differensiallashgan ko‘rsatmalar, xulq-atvor menejmenti tarkibiy elementlarining aniq maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlash, kollaborativ faoliyat yuritish omillarini kritik, boshlang‘ich, professional, ekspert darajalari validligini bosqichma-bosqich integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasining “Ta’lim” bo‘limi bilan hamkorlikda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashga doir trening dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 14-oktyabrdagi 04-39-3028 raqamli dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv ta’limga doir amaliy kompetentligini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning pedagogik-korreksion strategiyalarini takomillashtirish modeli akademik o‘zlashtirish, psixik rivojlanish, to‘liq ijtimoiy integratsiya va mazmunli ishtirokining personallashtirilgan pedagogik-korreksion va inklyuziv-moslashuvchanlik omillarining vektorli harakatini tashkil etish hamda multidissiplinar yondashuvga muvofiq faoliyatning diagnostik, nazariy, amaliy, baholash va universal ta’lim dizayni, differensial ko‘rsatmalar texnologiyalarini prognostik loyihalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Inklyuziv ta’lim” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 4-iyuldagi 11/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024-245-U-356 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlash tizimini takomillashtirishning didaktik mazmuni boyitilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning pedagogik-korreksion strategiyalarini takomillashtirish jarayoni o‘quv-bilish faoliyatining komponentlarini ta’limning universal dizayni, differensiyalashgan ko‘rsatmalar, neyropsixologiya, sensor integratsiyaning didaktik va korreksion taqsimotini adaptiv uyg‘unlashtirish hamda reaktiv va proaktiv chora-tadbirlar jarayonlari idientiv yaxlitligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasining “Ta’lim” bo‘limi bilan hamkorlikda 1- va 2-sinf ona-tili va o‘qish savodxonligi, matematika hamda tabiiy fanlarni o‘qitishda proaktiv va reaktiv strategiyalarni qo‘llash doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 14-oktyabrdagi 04-39-3028 raqamli dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning pedagogik-korreksion strategiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning pedagogik-korreksion strategiyalarini takomillashtirish hamkorlik faoliyati va o‘zaro ishonch omillarini oshirishga qaratilgan pedagogik mikromuhit yaratish hamda ta’limiy-texnologik infratuzilmani intensiv kengaytirish, o‘quv materiallarini oddiydan murakkabga qarab bosqichma-bosqich rivojlantirish va ta’lim ehtiyojlariga progressiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Inklyuziv ta’lim” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 4-iyuldagi 11/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024-245-U-356 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini loyihalashga erishilgan.