Uteulieva Mexriban Ibraimovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fanlararo aloqadarlik asosida 5-6-sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped 5172.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy rahbar: Hamroev G‘ofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupov Konisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fanlararo aloqadarlik asosida 5-6 sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fanlararo aloqadorlik asosida 5-6 sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari mantiqiy fikrlashning produktiv ko‘lamini kengaytirishga yo‘naltirilgan mushohada va amalda qo‘llash ko‘nikmalarini tahliliy prognozlash hamda ta’limni tashkil etishning individual xususiyatlarini amaliy integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
5-6 sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasi matn mazmunini ochib beruvchi pragmatik o‘quv jarayonlar produktivligini ta’minlash hamda nutqni rivojlantiruvchi ijodiy topshiriqlarning tuzilishi va mazmunini ta’limiy vazifalarning talablariga mos ravishda intensiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
fanlararo aloqadorlik asosida 5-6 sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish modeli matn osti ma’nolarni kalit so‘zlar doirasida aniqlash ko‘nikmalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlarni mavzuga bog‘lay olish, ma’lumotlar almashish, qayta ishlash, xulosa, qaror chiqarish komponentlarining o‘zaro integrativ xossalarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
5-6-sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi o‘qish, tinglab tushunish, yozish va gapirish, matn va matndan tashqaridagi ma’lumotlarni oddiydan murakkabga qarab tahrirlash hamda grammatik bilimlarini mustahkamlash, ijodiy tafakkurini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish va intellektual qobiliyatni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. fanlararo aloqadarlik asosida 5-6 sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish natijalari asosida:
fanlararo aloqadorlik asosida 5-6 sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari mantiqiy fikrlashning produktiv ko‘lamini kengaytirishga yo‘naltirilgan mushohada va amalda qo‘llash ko‘nikmalarini tahliliy prognozlash hamda ta’limni tashkil etishning individual xususiyatlarini amaliy integratsiyalash asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalar F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 4-iyuldagi 11-05-3614/04-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash bo‘yicha metodik ta’minot takomillashgan;
5-6 sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasi matn mazmunini ochib beruvchi pragmatik o‘quv jarayonlar produktivligini ta’minlash hamda nutqni rivojlantiruvchi ijodiy topshiriqlarning tuzilishi va mazmunini ta’limiy vazifalarning talablariga mos ravishda intensiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 4-iyuldagi 11-05-3614/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili ta’limining fanlararo integratsiya qismi o‘quv topshiriqlari orqali takomillashtirilgan;
fanlararo aloqadorlik asosida 5-6 sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish modeli matn osti ma’nolarni kalit so‘zlar doirasida aniqlash ko‘nikmalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlarni mavzuga bog‘lay olish, ma’lumotlar almashish, qayta ishlash, xulosa, qaror chiqarish komponentlarining o‘zaro integrativ xossalarini hisobga olish asosida takomillashtirishga oid takliflar F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 4-iyuldagi 11-05-3614/04-son ma’lumotnomasi).. Natijada, ona tili va adabiyot o‘qitishda o‘quv topshiriqlari ishlab chiqish metodikasi takomillashtirilgan;
5-6-sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi o‘qish, tinglab tushunish, yozish va gapirish, matn va matndan tashqaridagi ma’lumotlarni oddiydan murakkabga qarab tahrirlash hamda grammatik bilimlarini mustahkamlash, ijodiy tafakkurini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish va intellektual qobiliyatni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 4-iyuldagi 11-05-3614/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili o‘qitishda pragmatik o‘quv topshiriqlari ishlab chiqish imkoni oshirilgan.