Doniyorova Laylo Xudayberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang'ich sinf o‘qituvchilari nutqida feminitivlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5172.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sadikova Albina Venerovna, pedagogika fanlari nomzodi. dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Aripdjanova Alfiya Ravilevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang'ich sinf o‘qituvchilari nutqida feminitivlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat t.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari nutqida feminitivlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari semantik formal, leksik va stilistik so‘z birikmalari, ayol jinsi va tajribasini ifodalash uchun foydalaniladigan atamalarning pedagogik mazmunini ravonlashtirishga qaratilgan so‘zlarni intensiv qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari nutqida feminitivlarni qo‘llash modeli gender rollari va stereotiplar g‘oyasi, umumiy jinsning gender-neytral so‘zlarini ishlatish, boshqa so‘zlar bilan omonim munosabatlar feminitivlarni o‘quv jarayoniga integratsiyalash hamda semantik jihatdan tashkil etilgan tizimli lug‘at, sinonimik, antonimiklarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida nutqda feminitivlarni qo‘llash metodologiyasi ijodiy loyihalarda yozma ish va og‘zaki bayonotlarni shakllantirishda til tajribasini mazmunli idrok etish, minimalizm va talaffuzning aniqligiga erishish hamda  "Sinquain", "Fish" ", "Bloom’s Daisy", "Adabiy baliq ovlash", "Venn diagrammasi", "Klaster" metodlarining xususiy elementlarini ta’limiy maqsadlarga ratsional moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqida feminitivlardan foydalanish samaradorligi so‘zlashuv va rasmiy ish nutqi o‘rtasidagi farqlar va modifikatsiya qo‘shimchalariga e’tibor qaratish hamda kodlashtirilgan adabiy til va so‘zlashuv nutqi o‘rtasidagi qarama-qarshilik natijalarini hisobga olishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang'ich sinf o‘qituvchilari nutqida feminitivlarni foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari nutqida feminitivlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari semantik formal, leksik va stilistik so‘z birikmalari, ayol jinsi va tajribasini ifodalash uchun foydalaniladigan atamalarning pedagogik mazmunini ravonlashtirishga qaratilgan so‘zlarni intensiv qo‘llash asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda ona tili” darsligi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-408 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining feminizm haqidagi tushunchalari kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari nutqida feminitivlarni qo‘llash modeli gender rollari va stereotiplar g‘oyasi, umumiy jinsning gender-neytral so‘zlarini ishlatish, boshqa so‘zlar bilan omonim munosabatlar feminitivlarni o‘quv jarayoniga integratsiyalash hamda semantik jihatdan tashkil etilgan tizimli lug‘at, sinonimik, antonimiklarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda ona tili” darsligi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-408 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarning feministlarning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi haqidagi g‘oyalari kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida nutqda feminitivlarni qo‘llash metodologiyasi ijodiy loyihalarda yozma ish va og‘zaki bayonotlarni shakllantirishda til tajribasini mazmunli idrok etish, minimalizm va talaffuzning aniqligiga erishish hamda  "Sinquain", "Fish" ", "Bloom’s Daisy", "Adabiy baliq ovlash", "Venn diagrammasi", "Klaster" metodlarining xususiy elementlarini ta’limiy maqsadlarga ratsional moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda ona tili” darsligi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-408 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarning til tajribasini mazmunli idrok etishlari uchun shart-sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqida feminitivlardan foydalanish samaradorligi so‘zlashuv va rasmiy ish nutqi o‘rtasidagi farqlar va modifikatsiya qo‘shimchalariga e’tibor qaratish hamda kodlashtirilgan adabiy til va so‘zlashuv nutqi o‘rtasidagi qarama-qarshilik natijalarini hisobga olishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Boshlang‘ich ta’limda ona tili” darsligi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-408 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kodlashtirilgan adabiy til va so‘zlashuv nutqi o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida bilimlar kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish