Ergashev Alijon Hojimamatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarning investision muhit jozibadorligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish istiqbollari (Farg‘ona viloyati misolida)», 08.00.11–Marketing va 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Iqt754.

Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adham Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nafasov Doniyor Baxtiyorovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarning investision jozibadorligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish istiqbollari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

hududiy marketingning «10P» modeli hududlarning investision muhit jozibadorligini oshirishning iste’molchilarga yo‘naltirilgan «10S» modeli asosida takomillashtirilgan;

hududga investisiyalarni jalb etish imkoniyatlarini marketing, ishbilarmonlik muhiti holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlari asosida baholash taklif etilgan;

hudud investision jozibadorligini oshirishda «hudud imiji»ni rivojlantirishga qaritilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilgan;

hudud investision loyihalar samaradorligini oshirishga qaratilgan «imij», «o‘zaro munosabatlar», «kommunikatsiya», «iste’molchilarga yo‘naltirilgan» marketing strategiyalaridan foydalanish asosida investision siyosatni yuritishning marketing modeli takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Hududlarning investision muhit jozibadorligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

hududlarning bozor xususiyatlariga ko‘ra investision muhit jozibadorligini oshirishning iste’molchilarga yo‘naltirilgan «10P» modeli asosida takomillashtirilgan hududiy marketingning «10S» modeli O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining «Hududiy dasturlarni shakllantirish masalalari yig‘ma bo‘limi» faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 27 iyuldagi HB-1-1/19-491-son ma’lumot­nomasi). Hududiy marketingning zamonaviy kompleksidan foydalanishga qaratilgan takliflar Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan investision loyihalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;

hududga investisiyalarni jalb etish imkoniyatlarini marketing, ishbilarmonlik muhiti holati va ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish darajasi indikatorlari asosida baholashning taklif etilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining «Ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi» faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 27 iyuldagi HB-1-1/19-491-son ma’lumot­nomasi). Hududga investisiyalarni jalb etish imkoniyatlarini marketing, ishbilarmonlik muhiti holati va ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish darajasi indikatorlariga ko‘ra taklif etilgan baholash tizimi natijalari «Farg‘ona viloyatining 2018 yilgi mintaqaviy investisiya dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 978-sonli qarorini ishlab chiqishga xizmat qilgan;

hudud investision jozibadorligini oshirishda «hudud imiji»ni shakllantirishning marketing strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishning takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining «Hududiy dasturlarni shakllantirish masalalari yig‘ma bo‘limi» faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 27 iyuldagi HB-1-1/19-491-son ma’lumot­nomasi).  Hudud investision jozibadorligini oshirishda «hudud imiji»ni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar natijasida Farg‘ona viloyati iqtisodiyotiga jalb etilgan investisiyalar hajmi 2018 yilning birinchi choragida 2017 yilning shu davriga nisbatan 3,5 foizga, xorijiy investisiyalar hajmi 1,4 foizga oshishiga imkon bergangan;

hudud investision loyihalar samaradorligini oshirishga qaratilgan «imij», «o‘zaro munosabatlar», «kommunikatsiya», «iste’molchilarga yo‘naltirilgan» marketing strategiyalaridan foydalanish asosida taklif etilgan investision siyosatni yuritishning takomillashtirilgan marketing modeli O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining «Ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi» faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 27 iyuldagi HB-1-1/19-491-son ma’lumot­nomasi). Taklif etilgan investision siyosatni yuritishning marketing modeli asosida Farg‘ona viloyatida investision-innovatsion infratuzilma ob’ektlarini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish