Madaminov Uktamjon Ataxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muhitida fanlarni mobil ilovalar yaratish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (“Web dasturlashga kirish” fani misolida)”, 13.00.06 - “Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6840.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Dilmurad Narmuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, PhD.13/05.05.2023.T.162.01.
Rasmiy opponentlar:  Xanbabaev Xakimjan Ikromovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupov Davronbek Firnafasovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida “Web dasturlashga kirish” fanini mobil ilovalar yaratish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida fanlarni mobil ilovalar yaratish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli informatsion, tizimli va integrativ yondashuvlar asosida kasbiy faoliyatga vizual loyihalashtirish hamda tamoyillar (didaktik, metodik, psixologik-pedagogik, texnik) va vositalar (dasturiy, texnik, metodik)dan iborat ta’limiy resurslarni kasbiy faoliyatga transformatsiyalashning tarkibiy tuzilmasi va funksional talablari uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
 mobil texnologiyalar asosida (“Learn web” interaktiv mobil ta’lim ilovasi) talabalarning interaktiv ta’lim resurslaridan foydalanish kompetensiyasi o‘quv jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligini va aloqadorligini ta’minlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatlarini hisobga olish, maqsadga yo’naltirilganlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda soddadan murakkabgacha amallar ketma-ketligini aniqlash imkonini beradigan interaktiv mobil ta’lim texnologiyalari asosida pedagogik loyihalashtirishning tarkibiy tuzilmasi, tashkiliy-didaktik shart-sharoitlari “PMBoK” (Project Management Body of Knowledge) texnologiya va mobil ta’lim funksiyasi mazmunining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash hamda zamonaviy ta’lim sharoitini yaratish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash innovatsion kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda raqamli texnologiyalar tizimi asosida ishlaydigan interaktiv mobil ilova elementlaridan faoliyat turlarini moslashuvchanligi hamda Blum taksonomiyasidan samarali foydalanish metodikasini o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida fanlarni mobil ilovalar yaratish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
elektron ta’lim muhitida fanlarni mobil ilovalar yaratish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli informatsion, tizimli va integrativ yondashuvlar asosida kasbiy faoliyatga vizual loyihalashtirish hamda tamoyillar (didaktik, metodik, psixologik-pedagogik, texnik) va vositalar (dasturiy, texnik, metodik)dan iborat ta’limiy resurslarni kasbiy faoliyatga transformatsiyalashning tarkibiy tuzilmasi va funksional talablari uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilga oid tavsiyalar, interaktiv mobil ta’lim ilovalarini ishlab chiqish, ulardan foydalanish samaradorligi talabalarda interaktiv ta’lim resurslaridan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligini va aloqadorligini ta’minlash, mobil texnologiyalar orqali o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatlarini hisobga olish asosida rivojlantirishga oid takliflar “Mobil ilovalarni ishlab chiqish” nomli darslikda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i). Natijada interaktiv mobil ilovalarni ishlab chiqish hamda pedagogik texnologiyalarni mobil ilovalar mazmuniga singdirilgan holda o‘qitish texnologiyasini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
mobil texnologiyalar asosida (“Learn web” interaktiv mobil ta’lim ilovasi) talabalarning interaktiv ta’lim resurslaridan foydalanish kompetensiyasi o‘quv jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligini va aloqadorligini ta’minlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatlarini hisobga olish, maqsadga yo’naltirilganlikni ta’minlash asosida o‘quv faoliyati natijalarini mobil texnologiyalar yordamida baholashga imkon yaratildi. Talabalarning kasbiy tayyorgarlik jarayonida individual va jamoaviy qayta aloqaning intensivligini ta’minlash, “AKT sohasida kasb ta’limi” va “Dasturiy injiniring” ta’lim yo‘nalishida “Web dasturlashga kirish” fanini o‘qitishda interaktiv mobil ta’lim ilovalardan foydalanishning dasturiy va metodik ta’minoti takomillashtirilgan dastur asosida Evropa hamjamiyatining Erasmus plus ERASMUS-EDU-2022-101082242-raqamli “I2-PLEDGE” mavzusidagi xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 2024-yil 15-oktyabrdagi 1201-son ma’lumotnomasi). Natijada platformalarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash asosida fanlarni o‘qitishning vizual stendlarini yaratish va ulardan foydalanishga yondashuvlar ishlab chiqishga erishilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda soddadan murakkabgacha amallar ketma-ketligini aniqlash imkonini beradigan interaktiv mobil ta’lim texnologiyalari asosida pedagogik loyihalashtirishning tarkibiy tuzilmasi, tashkiliy-didaktik shart-sharoitlari “PMBoK” (Project Management Body of Knowledge) texnologiya va mobil ta’lim funksiyasi mazmunining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash hamda zamonaviy ta’lim sharoitini yaratish asosida takomillashtirilgan. IMTIni yaratishga qo‘yiladigan pedagogik-psixologik, konseptual, konstruktiv va texnologik talablar asosida multimedia va animatsiyaga ega imkoniyatlar ishlab chiqilgan takliflar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali qoshidagi “Mustafo soft” MChJning DT-SS-14 “Aqlli maktab” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (“Mustafo Soft” MChJning 2021-yil 15-dekabrdagi dalolatnomasi). Natijada integrativ aloqani rivojlantirish va ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash innovatsion kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda raqamli texnologiyalar tizimi asosida ishlaydigan interaktiv mobil ilova elementlaridan faoliyat turlarini moslashuvchanligi hamda Blum taksonomiyasidan samarali foydalanish metodikasini o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar hamda talabalarning web ilovalarni ishlab chiqishga oid bilimlarini rivojlantirish, kerakli ma’lumotlarni topish qobiliyatini shakllantirishga oid takliflar “Web dasturlashga kirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023- yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i). Natijada oliy ta’lim muassasalarida web dasturlashga oid mavjud didaktik, ergonomik, texnik-texnologik va metodik talablarning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish