Nurmanov Furqat Hayitkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek dialekt va shevalaridagi yordamchi so‘z turkumlarining areal tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil785.
Ilmiy rahbar: Pardaev Azamat Baxronovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Murodova Nigora Kulievna, filologiya fanlari doktori, professor; Darveshov Ibrohim O‘rmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek tilining qipchoq, qarluq va o‘g‘uz lahjalaridan yordamchi so‘z turkumlariga oid to‘plangan birliklarning areallarini belgilash hamda ularning fonetik, morfologik, funksional xususiyatlarini, o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy tilimizning qipchoq, qarluq va o‘g‘uz lahja va shevalaridagi yordamchi so‘zlarning paydo bo‘lish genezisi, morfologik tuzilishi, semantikasi, sintaktik vazifalari va tafovutlari, tarixiy-tadrijiy xususiyatlari shevalar kesimida dalillangan;
qipchoq lahjasidagi mïnän, üčïn, arqali, qarši, qarap, qaraγanda, arqa, jan, orta, ara, jaq (tomon), sari, sajin, ilgari, tarap, burin yordamcnilarining funksional-semantik va lingvomadaniy xususiyatlari, kelib chqishi, o‘zbek shevalaridagi o‘rni ochib berilgan;
qarluq lahjasi arealidagi yordamchi so‘zlarning shakllanishi va amal qilinishi muammosini taksonlar sistematikasi: geterogen va gomogen taksonlar, ekstensional va intensional taksonlar, til massivi, landshaftlar, dialektal zonalar nuqtayi nazaridan asoslangan;
o‘g‘uz lahjasiga xos yordamchi so‘zlarning joylashish tartibini har bir lahja va sheva bilan munosabatidagi dialektologik, arealogik, geografik-kartografik o‘rni, atrof tillarning ijtimoiy-madaniy ta’siri, tilning tarixiy rivojlanish xususiyatlari bilan aloqadorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek lahjalarida qo‘llanilgan yordamchi so‘z turkumiga oid birliklarning areal tadqiqiga bag‘ishlangan tadqiqot natijalaridan:
o‘zbek shevalaridagi yordamchi so‘zlarning joylashish tartibini har bir lahja va sheva bilan bog‘langan holdagi geografik o‘rni, atrof tillarning ta’siri, tilning tarixiy rivojlanish xususiyatlari bilan aloqadorligiga oid xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 31-maydagi 221-1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek lahja va shevalaridagi yordamchi so‘zlar tilimizning tarixiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
o‘zbek tili milliy korpusini yaratishda milliy til tarkibiy qismi bo‘lgan qipchoq, qarluq va o‘g‘uz shevalariga oid dialektal materiallar va ulardagi shevaga oid yordamchi so‘z turkumlariga xos birliklarning leksikografik xususiyatlarini, ularning tarqalish areallari va sheva vakillari nutqida qo‘llanilishi jihatlariga doir qarashlaridan 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (2024-yil 29-maydagi 324/01-01-son ma’lumotnoma). Natijada o‘zbek shevalariga xos so‘zlardan tuzilgan lug‘atlardagi birliklardan dialektal korpus yaratish va unda yordamchi so‘zlarning o‘rnini belgilash, shevaga oid so‘zlarni transkripsiya qilishda bir xillikni ta’minlash kabi masalalarning echimi berilishi lug‘atshunoslik bilan shug‘ullanuvchilar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
shevalarda yordamchi so‘zlarning shakllanishi va amal qilinishi muammosini til massivi, landshaftlar, dialektal zonalar nuqtayi nazaridan asoslab berishga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Akademik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash fondining va AIF-12/3 “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi faoliyatini baholash” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Akademik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash fondining 2024-yil 28-maydagi 10-2502-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion tadqiqot loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy ishlar va loyihalarning samaradorligi oshgan;
Tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Til – millat ko‘zgusi”, “Baxshiyona” va “Bobo so‘z” kabi ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2024-yil 30-maydagi 01-17/110-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning tomoshabinbopligi oshgan, sheva adabiy tilga xos so‘zlarning ishlatilishi va yozilishi borasida yangiliklar o‘zlashtirilgan.