Fayziev Olim Raimkulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlarini huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish faoliyati samaradorligini oshirish”,
12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu26.

Ilmiy rahbar: Husanov Azad Tillabaevich, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.

Rasmiy opponentlar: Tursunov Axtam Salomovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Husanova Muxtabar Akbarovna, yuridik fanlar nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish samaradorligini oshirish, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotini yanada yaxshilash bo‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash vakolatini normativ-huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlar bilan berish amaliyotiga chek qo‘yish asoslantirilgan;

Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan va 1993 yil 17 iyungacha qabul qilingan umummajburiy idoraviy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarurligini qonun hujjatlari bilan o‘rnatish hamda “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini” davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar rasman e’lon qilinadigan manba sifatida belgilash taklif etilgan;

yuridik xizmat ma’lumotnomasida idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar aks ettirish asoslantirilgan;

Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan hollarda, uni ko‘rib chiqish muddatini 20 kungacha uzaytirish taklif etilgan;

Adliya vazirligida Hukumat bayonnoma qarorlari loyihalarini ham huquqiy ekspertiza qilish amaliyotini joriy etish taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish faoliyati samaradorligini oshirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash vakolatini normativ-huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlar bilan berish amaliyotiga chek qo‘yish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 1-6/4-1494/8-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar soni ortishining oldi olingan va ularning muayyan miqdorda qisqarishiga erishilgan;

Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan va 1993 yil 17 iyungacha qabul qilingan umummajburiy idoraviy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarurligini qonun hujjatlari bilan o‘rnatish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 1-6/4-1494/8-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sobiq SSSRning idoraviy hujjatlaridan voz kechishga hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga zamin yaratgan;

“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi”ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar rasman e’lon qilinadigan manba sifatida belgilash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-411-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasida hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 fevraldagi 79-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-411-sonli Qonuni)”gi qarori ilovasining 1 va 2-bandlarida o‘z aksini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 18 avgustdagi 06/1-05/2070vx-son, Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasining 2017 yil 8 iyundagi 12-5-20-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif aholining qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tez va ishonchli xabardor bo‘lishiga xizmat qilgan;

yuridik xizmat ma’lumotnomasida idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar aks ettirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2018 yil 5 iyuldagi 356-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 2565-6, 2018 yil 5 iyul`) buyrug‘i ilovasining 1-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 1-6/4-1494/8-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirish amaliyotining kengayishiga xizmat qilgan;

Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan hollarda uni ko‘rib chiqish muddatini 20 kungacha uzaytirish bo‘yicha taklif Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7 dekabrdagi 323-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-342-son Qonuni)”gi qarorining 1-ilovasi 1-bandida, shuningdek Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarining (ro‘yxat raqami 2565, 2014 yil 28 fevral`) 92-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2017 yil 13 oktyabrdagi 1-6/37-1175/8-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning har tomonlama va sifatli huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishiga turtki bo‘lgan;

Adliya vazirligida Hukumat bayonnoma qarorlari loyihalarini ham huquqiy ekspertiza qilish amaliyotini joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 2-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 1-6/4-1494/8-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Hukumat bayonnomalarida huquqiy normalarning belgilanmasligiga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish