Ismoilova Dilrabo Muhammad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Lingvogenderologik birliklarning tipologik tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4922.
Ilmiy rahbar: Ganieva Shodiya Azizovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat universiteti DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shohista Maxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismoil qizi filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi olamning lingvogenderologik manzarasini ayol va erkak tili fonida o‘rganish, ikki jins tafakkuriga xos madaniyatning lisoniy voqelanishiga oid ifoda shakllarining tipologik-pragmatik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda genderolingvistika masalasi, lingvogenderologik sistemaning nutqiy aktlar bilan aloqadorligi, feministik lingvistika shakllanishiga turtki bo‘lgan tilning androsentriklik tabiati, ayol va erkaklar nutqiga xos til birliklari, ularning assotsiativ va kognitiv xususiyatlari aniqlangan;
ayol va erkaklar nutqiga xos lisoniy vositalar ifodasining nutq vaziyatiga bog‘liqligi, har ikki jins vakiliga oid muloqotning verbal va noverbal xoslanishi, ayol va erkaklar nutqining o‘ziga xos tarzda differensiatsiyalanishi, lisoniy defisitlik modeli va uning lingvogenderologik ifodasi pragmatik jihatdan asoslangan;
ayol va erkaklar nutqiga oid til birliklarining fonetik, leksik, grammatik jihatlari, ikki jins vakili nutqining intonatsion strukturasi, ayol yoki erkaklar nutqiga xos ohangning tembral farqlanishi, genderoleksemalar mikromaydoni, birlamchi va ikkilamchi nominatsiyalar va ularning genderolingvistik ifodasi gender stereotiplar asosida dalillangan;
ayol va erkaklarga xos tafakkur shakli va ularning olam lingvogenderologik manzarasi bilan bog‘lanishi, lisoniy defisitlik gipotezasi asosida ayol va erkaklar nutqiga xos til birliklarining o‘zaro farqlanishi, ikki jins vakili nutqidagi verbal xulqning assotsiativ-kognitiv mexanizmlari va ularning ifoda imkoniyatlari sotsial, madaniy va psixologik omillarga bog‘liqligi lisoniy dalillar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayol va erkaklar nutqiy axloqining lingvogenderologik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
tilshunoslikda genderolingvistika masalasi, lingvogenderologik sistemaning nutqiy aktlar bilan aloqadorligi, feministik lingvistika shakllanishiga turtki bo‘lgan tilning androsentriklik tabiati, ayol va erkaklar nutqiga xos til birliklari, ularning assotsiativ va kognitiv xususiyatlari haqidagi natija va xulosalardan 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha amaliyotida foydalanildi. (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2024-yil 14-avgustdagi 532/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada muayyan xalqning urf-odati, siyosiy-ijtimoiy faoliyati va turmush tarzi hamda madaniyatiga ishora qiluvchi lisoniy ifoda shakllariga oid ma’lumotlar asosida loyiha doirasida yaratilgan lug‘atning mukammallashuviga erishilgan;
ayol va erkaklar nutqiga xos lisoniy vositalar ifodasining nutq vaziyatiga bog‘liqligi, har ikki jins vakiliga oid muloqotning verbal va noverbal xoslanishi, ayol va erkaklar nutqining o‘ziga xos tarzda differensiatsiyalanishi, lisoniy defisitlik modeli va uning lingvogenderologik ifodasi pragmatik jihatdan asoslanganligi yuzasidan olingan xulosa va takliflardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan Evropa ittifoqining Erasmus+ tomonidan moliyalashtirilgan 574097-EPP-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “PUECVET-Rossiya va O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimida ECVET tizimini sinovdan o‘tkazish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. (RUECVET: PilotingECVET system to the national VET system of Russia and Uzbekistanning 2024-yilning 12-avgustdagi 847/04-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnlarga xos real, konseptual lingvogenderologik axborotlar loyiha materiallarining ilmiy dalillar bilan boyitilishida amaliy jihatdan xizmat qilgan;
ayol va erkaklarga xos tafakkur shakli va ularning olam lingvogenderologik manzarasi bilan bog‘lanishi, lisoniy defisitlik gipotezasi asosida ayol va erkaklar nutqiga xos til birliklarining o‘zaro farqlanishi, ikki jins vakili nutqidagi verbal xulqning assotsiativ-kognitiv mexanizmlari va ularning ifoda imkoniyatlari sotsial, madaniy va psixologik omillarga bog‘liqligiga oid ilmiy natija va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024-yil 12-avgustdagi 04-36-931-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvogenderologik tadqiqotlarning mohiyati nutqiy akt nazariyalariga doir tushunchalardan boshlanishi, ayol va erkaklarga xos ifoda shakllariga oid ilmiy-amaliy qarashlar asosida tayyorlangan radiodasturlarning mazmunan boyishiga erishilgan.