Uraqova Ruqiya Mamaraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘ylarning bradzot kasalligining epizootologiyasini o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish asosida unga qarshi kurashishni takomillashtirish”, 16.00.03 - Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V18
Ilmiy rahbar: Salimov Ilxom Xayitovich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Xabibulo Ablakulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Hatamov Akbar Hudoyberdievich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qo‘ylar bradzot kasalligining epizootologik holati, kechishi, klinik belgilarini o‘rganish, patologik namunalardan qo‘zg‘atuvchi shtammlarini ajratish, ularning kultural-morfologik, tinktorial, biokimyoviy, biologik, toksik xususiyatlarini tahlil qilish asosida diagnoz qo‘yish, hamda oldini olishning samarali uslub va vositalarini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikaning Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari ayrim qorako‘lchilik fermer xo‘jaliklari epizootologik holati o‘rganilgan va bradzot bilan kasallangan qo‘ylar patologik namunalardan Cl.oedematiens va Cl.septicum shtammlari ajratilgan
Ajratilgan Cl.oedematiens va Cl.septicum shtammlarining kultural-morfologik, tinktorial, biokimyoviy va biologik xususiyatlari o‘rganilgan. Cl.oedematiens shtammining 50% dengiz cho‘chqalarini o‘ldiruvchi dozasi 0,26 ml ekanligi aniqlangan.
Ajratilgan mahalliy Cl.septicum shtammidan tayyorlangan supernant bilan 0,3 ml miqdorda zararlantirilganda kasallikka moyil bo‘lmagan oq sichqonlar toksin ta’sir etib 8-10 soat davomida nobud bo‘lishi natijasida Cl.septicum shtammining toksik xususiyati aniqlangan.
Mahalliy Cl.oedematiens Narpay-21 shtammidan yaratilgan monovalent GOA formol vaksina tajriba seriyasi tayyorlash va uning immunogenligi laboratoriya sharoitida dengiz cho‘chqalarida va qo‘ylarda sinovdan o‘tkazilgan
Bradzotga qarshi mahalliy Cl.oedematiens Narpay-21 shtammidan tayyorlangan monovalent GOA formol vaksina tajriba seriyasi Toyloq, Nurobod, Qo‘shrabot, tumanlarida qo‘ylarda sinovldan o‘tkazilgan va etarlicha immunogenlikka ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘ylarning bradzot kasalligining epizootologiyasini o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish asosida unga qarshi kurashishni takomillashtirish bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Qoraqo‘lchilik fermer xo‘jaliklarida bradzot kasalligi epizootologiyasi o‘rganilgan, tahlil qilingan, kasallikni oldini olish va qarshi kurash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot ishlari davomida “Qo‘ylar bradzot kasalligining diagnostikasi va oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyanoma” (Samarqand 2023) ishlab chiqilib xo‘jaliklarga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 30-noyabrdagi 02/23-527-sonli ma’lumotnomasi). Natijada viloyat tashxis markazlarida qo'ylarning bradzot kasalligiga tezkor va aniq tashxis qo‘yishga erishilgan.
Qoraqo‘lchilik fermer xo‘jaliklarida qo‘ylarning bradzot bilan kasallanish darajasi aniqlangan va qo‘ylardan bradzot kasallik qo‘zg‘atuvchisining mahalliy sof kulturasi ajratilib uning kultural-morfologik va biokimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan Ushbu ajratilgan shtammning LD50 (50 % hayvonlarni o‘ldiruvchi dozasi 0,26 ml ekanligi aniqlangan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 30-noyabrdagi 02/23-527-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bradzot kasalligiga qarshi ushbu Cl.Oedematiens mahalliy shtammidan monovalent GOA formol vaksinaning tajriba seriyasini tayyorlashga erishilgan.
Laboratoriya sharoitida bradzot kasallik qo'zg'atuvchisi Cl.oedematiens mahalliy shtammidan tayyorlangan monovalent vaksinaning tajriba seriyasini laboratoriya sharoitida dengiz cho'chqalarida sterilligi, bezararligi, areoktogenligi, immunogenligi, o'tkir tajribalarda aniqlangan hamda ushbu monovalent vaksina tajriba seriyasi xo'jaliklar sharoitida Samarqand viloyatining Nurobod va Qo'shrabot tumanlaridagi qo‘ychilik xo‘jaliklarida emlash tadbirlari o‘tkazilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 30-noyabrdagi 02/23-527-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tajriba o‘tkazilgan xo‘jaliklarda qo‘ylar orasida bradzot kasalligining oldini olishga erishilgan.