Jumaev Eshtemir Toshmamatovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “O‘zbekiston yoshlarini “ommaviy madaniyat”  ta’siridan himoyalashda milliy g‘oyani targ‘ibot qilish texnologiyalari” 09.00.05 – Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari  (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1184.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ibadulla siyosiy fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberganov Ravshan Xudoyberganovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Musaev Faxriddin Abdusattorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Yangi O‘zbekiston yoshlarini “ommaviy madaniyat” ta’siridan himoya qilish shart-sharoitlarini, omillarini milliy g‘oya negizlari va targ‘ibot texnologiyalari bilan bog‘liq holda o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy g‘oya targ‘ibotida milliy va umuminsoniy madaniyat negizlariga tayanish turli xil yot va zararli oqimlarga qarshi kurashishda muhim xalqning tarixiy va madaniy merosini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan nazariy, birlik va hamjihatlik ijtimoiy barqarorlikka erishishning amaliy ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
 “ommaviy madaniyat” ko‘rinishi milliy va umuminsoniy madaniyat negizidan yiroq ekanligi va yoshlar ongi va tafakkuriga ta’sir ko‘rsatib manipulyasiyaga uchraydigan zararli oqibatlarini bartaraf etishning sifatli ta’lim dasturlari, san’at va madaniyat dialektikasi, yuqori sifatli axborot orqali  targ‘ib qilish texnologiyalari ochib berilgan;
 “ommaviy madaniyat”  va zararli fikr madaniyat ko‘rinishi ekanligi uning targ‘ib qilgan ijtimoiy tarmoqlar, uning texnologik asosida ayrim yoshlar ongini hulq tuzilishini, fe’l-atvorini, hatti-harakatlarini milliy g‘oyaga zid tarzda o‘zgartirishga qaratilgan resurs ekanligi ochib berilgan.
Yangi O‘zbekistonda yoshlarining ommaviy madaniyat ta’siridan himoyalanishi uchun milliy g‘oyani targ‘ib qilishda innovatsion texnologiyalar va yondashuvlarni integratsiyasi, yoshlarning ongi va tafakkurini shakllantirish, ularni milliy qadriyatlar bilan bog‘lash va salbiy ta’sirlar bilan kurashish imkoniyatlarini oshirish jamiyatda barqaror va sog‘lom muhitni yaratishga xizmat qilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston yoshlarini “Ommaviy madaniyat”  ta’siridan himoyalashda milliy g‘oyani targ‘ibot qilish texnologiyalari mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
milliy g‘oya targ‘ibotida milliy va umuminsoniy madaniyat negizlariga tayanish turli xil yot va zararli oqimlarga qarshi kurashishda muhim xalqning tarixiy va madaniy merosini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan nazariy, birlik va hamjihatlik ijtimoiy barqarorlikka erishishning amaliy ahamiyatga ega ekanligiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston milliy teleradiyokompaniyasi  dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-yanvardagi 04/1-18-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar OAVlarida axborot ekspansiyasi, televideniya va internet yordamida G‘arb “universal” madaniyatining dunyo bo‘yicha tarqatilishi barcha mamlakatlar uchun xavf tug‘dirishi bilan bog‘liq tahdidlariga qarshi kurashish qaratilgan teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan;
“ommaviy madaniyat” ko‘rinishi milliy va umuminsoniy madaniyat negizidan yiroq ekanligi va yoshlar ongi va tafakkuriga ta’sir ko‘rsatib manipulyasiyaga uchraydigan zararli oqibatlarini bartaraf etishning sifatli ta’lim dasturlari, san’at va madaniyat dialektikasi, yuqori sifatli axborot orqali  targ‘ib qilish texnologiyalariga oid g‘oyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yil 14-iyundagi 02/02-36-sonli dalolatnomasi). Natijada ishda keltirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida partiya tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi;
 “ommaviy madaniyat” va zararli fikr madaniyat ko‘rinishi ekanligi uning targ‘ib qilgan ijtimoiy tarmoqlar, uning texnologik asosida ayrim yoshlar ongini xulq tuzilishini, fe’l-atvorini, xatti-harakatlarini milliy g‘oyaga zid tarzda o‘zgartirishga qaratilgan resurs ekanligiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining  2024-yil 9-yanvardagi 07-son dalolatnomasi).  Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar yangi O‘zbekiston yoshlarini “Ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalashda mafkuraviy immunitetni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlarining ommaviy madaniyat ta’siridan himoyalanishi uchun milliy g‘oyani targ‘ib qilishda innovatsion texnologiyalar va yondashuvlarni integratsiyasi, yoshlarning ongi va tafakkurini shakllantirish, ularni milliy qadriyatlar bilan bog‘lash va salbiy ta’sirlar bilan kurashish imkoniyatlarini oshirish jamiyatda barqaror va sog‘lom muhitni yaratishga xizmat qilishiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 18-iyul 2-13-21-3752-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, agentlik faoliyati doirasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Ayniqsa, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga yoshlarning daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati oshirish zarurati, islohotlar mazmuni va ahamiyati, huquqiy tarbiyaga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni rivojlantirish masalalari, huquqiy ta’limda “Konstitutsiyaviy huquq” fani o‘qitilishida samaradorlikka xizmat qiluvchi omillar borasidagi bilim va dunyoqarashlarini kengaytirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish