Mannopov Islombek Sultonalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yassaviylik adabiyotining genezisi, takomillashuvi va badiiyati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fil826,
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Boltaboev Hamidullo Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yassaviylik adabiyotining o‘ziga xos she’riy-tasavvufiy janrlari, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, obrazlar tizimi, xalqona ijodiy uslubga ega bo‘lgan alohida adabiy yo‘nalish ekanligini aniqlash hamda asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yassaviylik adabiyotining vujudga kelish omillari, o‘ziga xos ijodiy uslub, mavzu va g‘oya, she’riy janrlariga ega alohida adabiy yo‘nalish sifatida sakkiz asr davom etganligi isbotlangan;
Xoja Ahmad Yassaviyning “hikmat” deb yuritilgan she’rlari so‘z va musiqa sinkretizmi asosida yuzaga kelgan lirik-musiqiy janr ekanligi sinkretik, ijrochilik, etno-rituallik xususiyatlari asosida aniqlangan;
hikmat, munozara, munojot, me’rojnoma, risola, manoqib, maqomot, manzumalar yassaviylik adabiyotiga xos janrlar ekanligi aniqlanib, ularning tadriji va takomillashuvi ochib berilgan;
o‘zbek tasavvuf adabiyotida risola, manoqib, maqomot janrlariga oid asarlar birinchi bo‘lib yassaviylik adabiyoti vakillari tomonidan yaratilganligi, Xoja Ahmad Yassaviyning “Faqrnoma” risolasi o‘zbek mumtoz adabiyotining ilk nasriy asari ekanligi oydinlashtirilgan;
yassaviylik adabiyoti vakillari she’riyati ilk bor avtobiografik yondashuv – shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat konsepsiyasi mavzulari asosida tasniflanib, badiiy matn haqiqatini aniqlash, konseptual go‘ya va obrazlarni alohida monografik rejada tekshirish imkoniyati, mavzularning takomillashuvi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yassaviylik adabiyoti genezisi, takomillashuvi va badiiyati tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yassaviylik adabiyotining vujudga kelish omillari, o‘ziga xos ijodiy uslub, mavzu va g‘oya, she’riy janrlariga ega alohida adabiy yo‘nalish sifatida sakkiz asr davom etganligi haqidagi xulosalardan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 29-apreldagi 04/2379-son ma’lumotnomasi). Natijada Xoja Ahmad Yassaviyning ma’naviy-axloqiy, irfoniy-tasavvufiy mavzularni oddiy xalqqa etkazishda so‘z san’atidan samarali foydalanishi “Hikmat” deb atalgan she’rlari bilan turkiy tasavvuf she’riyatiga asos solishiga xizmat qilishi “Zamonaviy barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli ilmiy-ommabop risola materiallarini ilmiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
Xoja Ahmad Yassaviyning “hikmat” deb yuritilgan she’rlari so‘z va musiqa sinkretizmi asosida yuzaga kelgan lirik-musiqiy janr ekanligi sinkretik, ijrochilik, etno-rituallik xususiyatlari asosidagi xulosalardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 28-martdagi 1/04-87-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan tavsiyalar orqali hikmatxonlik, zikr majlislari hamda raqsi samoning ijrochilik xususiyatlari ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
hikmat, munozara, munojot, me’rojnoma, risola, manoqib, maqomot, manzumalar yassaviylik adabiyotiga xos janrlar ekanligi aniqlangan, ularning tadriji va takomillashuvi tahlillar asosida yoritilgan nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 15-apreldagi 146/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan tavsiyalar orqali XII-XIX asrlar yassaviylik adabiyotida hikmat, munozara, munojot, me’rojnomalarning takomillashuvi hodisasi qoraqalpoq adabiyoti janrlarining tarixiy-tadrijiy aspektda tekshirish uchun muhim omil bo‘lgan;
o‘zbek tasavvuf adabiyotida risola, manoqib, maqomot janrlariga oid asarlar birinchi bo‘lib yassaviylik adabiyoti vakillari tomonidan yaratilganligi, Xoja Ahmad Yassaviyning “Faqrnoma” risolasi o‘zbek mumtoz adabiyotining ilk nasriy asari ekanligi haqidagi xulosalardan Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan “O‘zbek adabiyoti” o‘quv darsliklarida, 2023-2024 yillarda Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklari “Do‘stlik” hamjamiyati qoshidagi “Ijodkor” adabiy birlashmasining targ‘ibot faoliyatida, xususan, birlashma tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-ijodiy hamkorlikka bag‘ishlangan ilmiy-adabiy tadbirlarda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyatining 2024-yil 10-iyundagi 075-son dalolatnomasi). Natijada o‘quv darsliklari ilmiy-nazariy dalillar asosida boyitilgan;
yassaviylik adabiyoti vakillari she’riyati ilk bor avtobiografik yondashuv – shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat konsepsiyasi mavzulari asosida tasniflangan, badiiy matn haqiqatini aniqlash, konseptual go‘ya va obrazlarni alohida monografik rejada tekshirish imkoniyati, mavzularning takomillashuvi tahlillar vositasida ochib berilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy kutubxonasi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi foydalanilgan (O‘zbekiston milliy kutubxonasi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazining 2024-yil 16-iyuldagi 23-01-04/106-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkazilgan tadbirlar ilmiy-nazariy jihatdan boyitilgan, adabiy uchrashuvlar va davra suhbatlarining ilmiy saviyasi ortgan.
IX-XII asrlar Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi, Xoja Ahmad Yassaviy XII asrda yassaviylik tariqatiga asos solganligi, u ma’naviy-axloqiy, irfoniy-tasavvufiy mavzularni oddiy xalqqa etkazishda so‘z san’atidan samarali foydalanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat bo‘limining 2023-yilda efirga uzatilgan “O‘zbegim” teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 6-avgustdagi 01-02/111-son ma’lumotnomasi). Natijada teledasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar asosida teleko‘rsatuvlar ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan;