Oliy attestatsiya komissiyasida korrupsiyaga qarshi kurash oyliklar doirasida «Korrupsiyaga qarshi kurash» mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlikda huquqiy bilimlarni oshirishga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda mas’ul xodimlar bilan tartib-qoida komissiyasida mavzuga oid masalalar yuzasidan amaliy seminarlar (aniq holatlar bo‘yicha) ma’lumotlar berildi.

 

«Konstitusiya – erkin va farovon hayot garovi!» bosh g‘oyasi asosida o‘tkazilayotgan huquqiy bilimlarni oshirish oyligi doirasida tashkil etilgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 sentyabr` kuni tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2024 yil 18 sentyabrdagi 588-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Nazorat rejasi”ning 42-bandi ijrosining ahamiyatini namoyon etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha (PhD) falsafa doktorlari A.Payziev inson huquq va erkinliklari qonunlarimizda qat’iy belgilab qo‘yilgani xususida ma’lumotlar anjuman ishtirokchilari e’tiborini tortdi.

Huquqiy demokratik va adolatli jamiyat qurishda Bosh Qomusimizning o‘rni, Konstitusiyaning yangi tahririga kiritilgan o‘zgartirishlar va ularning xalqimiz manfaatlari va Vatanimiz taraqqiyotini ta’minlashdagi dolzarb ahamiyati xususida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan mavzuga doir berilgan savollariga mutaxassis-olimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.


Axborot xizmati

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish