KONSTITUSIYa – ERKIN VA FAROVON HAYoT GAROVI!

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirdi. Butun xalqimizni Vatanimiz istiqboli va yosh avlod iqbolining yorug‘ bo‘lishiga hissa qo‘shish maqsadida birlashtirib, umumxalq referundumi asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasi haqiqiy ma’noda xalqimiz irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilmoqda.
 
Oliy attestatsiya komissiyasida «Konstitusiya – erkin va farovon hayot garovi!» bosh g‘oyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 32 yilligiga bag‘ishlandi.
Bayram tadbirida huquqiy demokratik va adolatli jamiyat qurishda Bosh Qomusimizning o‘rni, Konstitusiyaning yangi tahririga kiritilgan konseptual yangiliklar va ularning xalqimiz manfaatlari va Vatanimiz taraqqiyotini ta’minlashdagi dolzarb ahamiyati xususida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, yuridik fanlar doktori M.Maxsadov, yuridik fanlar bo‘yicha (PhD) falsafa doktorlari A.Payziev va F.Rizoevlar tomonidan Konstitusiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilgani, inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy belgilab qo‘yilgani hamda bu borada amalga oshirilayotgan huquqiy choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar anjuman ishtirokchilari e’tiborini tortdi. Binobarin, qonunlardagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘lishi shart va zarur. Bunga ko‘ra, inson va davlat o‘rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etildi.

 
Ayniqsa, Konstitusiyada davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati qayd etilgani hamda oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqi taqdim etish borasidagi tub islohotlari ilm-fanimiz rivoji va xalqimiz farovonligida o‘z samarasini ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlandi.

Oliy attestatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 32 yilligi munosabati bilan “Konstitusiyasi burchagi” ham tashkil etilib, so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, ta’lim, ilm-fan va madaniy-ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va uning samarasida erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitusiyaning o‘rni va roli xususida keng ma’lumotlar olish imkoni yaratilgani ahamiyatidir.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan Bosh Qomusimizning mazmun-mohiyati va «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida berilgan savollariga mutaxassis-olimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.


Axborot xizmati

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish