Gafurov Karim Xakimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noan’anaviy erituvchilarni qo‘llab mahalliy xomashyodan o‘simlik moylarini ekstraksiyalash uskunalarini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T273.
Ilmiy maslahatchi: Artikov Askar Artikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor; Karimov Ikromali Tojimatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noan’anaviy erituvchilardan foydalangan va issiqlik nasosini qo‘llagan holda o‘simlik moylarini ekstraksiyalash uskunalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
material umumiy massasining o‘rtacha harorati 60±10C dan oshmaydigan ekstraksiyalashdan oldin uzlukli infraqizil nurlanish maydonida xomashyoni dastlabki termik ishlov berish jarayonining matematik modelini qurish va ratsional termik ishlov berish rejimini asoslash bilan yuqori sifatli danak moylarini olish usullari ishlab chiqilgan;
mahalliy o‘simlik xomashyosidan moylarni ekstraksiyalash jarayonining tizimli tahlili ierarxiyaning olti darajasida, biomolekulalar va hujayralar darajasidan tortib ekstraksiyalash qurilmasi  tarkibiy elementlari darajasiga qadar bajarilgan va uning asosida material zarrasi hamda qatlami darajasida va ekstraktor ishchi kamerasi darajasida moy konsentratsiyasi o‘zgarishini tavsiflaydigan matematik model yaratilgan;
MatLab/Simulink platformasida ekstraksiyalash jarayonining kompyuter modeli yaratilgan va diffuziya koeffisientlarining turli qiymatlarida (1,5∙10-11 m2/s va 1,5∙10-12 m2/s) qattiq fazadagi va kvaziqatlamlaridagi moy konsentratsiyasining o‘zgarishi qonuniyatlari aniqlangan;
o‘ta kritik karbonat angidriddan erituvchi sifatida foydalangan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraksiyalashda mahalliy o‘simlik xomashyosi (uzum, qovun va qovoq urug‘lari) shrotlarining qoldiq yog‘dorligi o‘zgarishining ta’sir etuvchi omillardan: (ekstragent bosimi va temperaturasidan) bog‘liqlik qonuniyatlari eksperimental aniqlangan;
erituvchi sifatida etanoldan (etil spirtidan) foydalangan holda o‘rik danagi mag‘zlari, uzum va qovun urug‘larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraksiyalash jarayonlarining matematik-statistik modellari eksperimental yaratilgan va yuqori sifatli moy chiqishini oshirish maqsadida jarayonlarning optimal rejimlari ilmiy asoslangan (shrotning yog‘dorligi 3,6...4,8 % gacha etkazilgan).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noan’anaviy erituvchilardan foydalangan holda kichik ish unumdorlikka ega mahalliy xomashyodan o‘simlik moylarini ekstraksiyalash uskunalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik nasosini qo‘llagan va erituvchi sifatida etanoldan foydalangan holda meva danagi mag‘zlari, qovun va uzum urug‘idan o‘simlik moylarini ishlab chiqarish yarim sanoat ekstraksiyalash qurilmasi “Pet Agro Oil” MChJ korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 9 apreldagi KC/3-106-son ma’lumotnomasi). Natijada, jarayon 600C dan past haroratlarda amalga oshirilishi sabab to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraksiyalash usuli yordamida yuqori sifatli moyning maksimal olinishiga erishilgan;
o‘simlik xomashyosini etanol erituvchisi yordamida ekstraksiyalash jarayonining optimal rejimlari “Pet Agro Oil” MChJda amaliyotga joril etilgan (O‘zbekiston Yog‘-moy sanoati uyushmasining 2024 yil 9 apreldagi KC/3-106-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sifatli moyning maksimal olish va issiqlik nasosidan foydalanish hisobiga iqtisodiy samara olish imkonini bergan;
erituvchi sifatida o‘ta kritik karbonat angidrid qo‘llanilgan va issiqlik nasosi ishlatiladigan yarimsanoat ekstraksiyalash uskunasi “PARVOZ QURUVChI” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 9 apreldagi KC/3-106-son ma’lumotnomasi).  Natijada, tizimdagi bosimni tushirish asosida ekstragent ajratib olinishi va moy o‘zining sof shaklida qolishi  hisobiga distillatsiyalash jarayoni qo‘llanilmagan va issiqlik nasosidan foydalanish orqali energiyani tejash imkoni yaratilgan;
o‘simlik xomashyosini erituvchi sifatida o‘ta kritik karbonat angidrid bilan ekstraksiyalash jarayonining optimal rejimlari “PARVOZ QURUVChI” MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Yog‘-moy sanoati uyushmasining 2024 yil 9 apreldagi KC/3-106-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekstraksiyalash jarayoni 25 MPa bosimda va 31-350C haroratda amalga oshirilganligi sababli, yuqori sifatli mahsulotning maksimal olinishi uchun sharoitlar yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish