Yaqubov Tursunboy Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sho‘rtangazkimyo majmuasining tuproq ekologik holatiga ta'siri»,. 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Gr327.
Ilmiy rahbar: Xoliqulov Shodi Turdiqulovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich,  geografiya fanlari doktori, professor; Mirzamahmudov Odiljon To‘xtasinovich, geografiya fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sho‘rtangazkimyo majmuasi faoliyati natijasida atrof-muhitga chiqarilgan chiqindilarning va o‘simlik qoplami (och tusli bo‘z) tuproq ekologik holatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamiz sharoitida birinchi marta gazni qayta ishlash sanoati chiqindilarining atrof-muhitga jumladan, tuproqning ekologik holati, o‘simliklarning o‘sib rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;
majmua faoliyati natijasida chiqarilgan chiqindilar shu hududda tarqalgan och tusli bo‘z tuproqlar tarkibidagi gumus va o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan ozuqa elementlar miqdorini kamaytirishi asoslangan;
chiqindilar ta’sirida tuproq mikrobiologik faolligiga jumladan bakteriyalar, aktinomisetlar va zamburug‘lar populiyasiyasiga ta’siri hamda makkajo‘xori o‘simligining o‘sib-rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatining o‘zgarishi baholangan;
majmua atrofidagi tuproq unumdorligini oshirish va og‘ir metallar miqdorini kamaytirish choralari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sho‘rtangazkimyo majmuasidan ajralib chiqadigan zararli moddalarning atrof-muhitga, tuproq va o‘simliklarning ekologik holatiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gazni qayta ishlash sanoati chiqindilarining atrof-muhitga jumladan, tuproqning ekologik holati, o‘simliklarning o‘sib rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha baholashlar va majmua faoliyati natijasida chiqarilgan chiqindilar shu hududda tarqalgan och tusli bo‘z tuproqlar tarkibidagi gumus va o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan ozuqa elementlar miqdorini kamaytirishini asoslovchi dalillar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022-yil 8-fevraldagi 03-02/8-414 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gazni qayta ishlash sanoat korxonalarining tuproqqa ta’sir doirasi va manbalar inventarizatsiya jarayonlarining sifatini oshishiga xizmat qilgan;
chiqindilar ta’sirida tuproq mikrobiologik faolligiga jumladan bakteriyalar, aktinomisetlar va zamburug‘lar populiyasiyasiga ta’siri hamda makkajo‘xori o‘simligining o‘sib-rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatining o‘zgarishining tahlillari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022-yil 8-fevraldagi  03-02/8-414 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindilar ta’sirida tuproq mikrobiologik faolligiga jumladan bakteriyalar, aktinomisetlar va zamburug‘lar faoliyatiga hamda mevali daraxtlarda sodir bo‘ladigan anotomik-fiziologik o‘zgarishlar va makkajo‘xori o‘simligining o‘sib-rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatining o‘zgarishi tahlil qilinib, og‘ir metallar miqdorini kamaytirish choralari ishlab chiqish imkonini bergan;
majmua atrofidagi tuproq unumdorligini oshirish va og‘ir metallar miqdorini kamaytirish choralari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022-yil 8-fevraldagi  03-02/8-414 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zararlantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlashning me’yorida amal qilinishi tahlil qilingan, majmuaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish