Rahimova Dildora Qodirjonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga moslashtirishning pedagogik mexanizmlari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (oila va xotin-qizlar ta’limi yo‘nalishi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4388.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Shaxlo Narzullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirzaeva Faroxat Odiljonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga moslashtirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ota-ona qarmog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga moslashtirishning “kognitiv”, “ehtiyojli-motivatsion”, “emotsional-regulyativ” komponentlarini biriktirish natijasida ijtimoiy-pedagogik moslashtirishning oila va oilaviy hayotga integrativligini ta’minlash asosida faoliyatli determinant elementlari “pedagogik predikator” sifatida ustivorlik berilishi dalillangan;
ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga moslashtirishning amaliy integrativligini optimallashtirishga qaratilgan “pedagogik-adaptatsion omillar” modeli daxldorlik, hamdardlik, bosiqlik, mulohazakorlik, loyallik, sobitqadamlilik kabi milliy tarbiya bloklarini transformatsiyalash orqali oiladagi kundalik turmush tarziga ta’siri dinamik barqarorligini ta’minlanishi asoslangan;
ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga ijtimoiy-pedagogik moslashtirishning ota-ona munosabatlarini hisobga olish asosida patronat oilalarni “shakllantirish” orqali kundalik hayotiy faoliyatni reintegratsiyalash, regulyativ boshqaruv shakllarini o‘zgartirish tufayli tarbiyachi va tarbiyalanuvchining jarayonli-integrativ mezonlarini pedagogik shart-sharoitlarining permanentlikka asoslangan hamkorlikdagi faoliyatini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga ijtimoiy moslashtirishning pedagogik tizimini motivatsion-kognitiv, kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ mezonlarini pragmatik yaxlitligi natijasida oila haqidagi nazariy bilimlarga egalik, amaliy ko‘nikmalarning shakllanganligi, hayotiy muammolarni to‘g‘ri baholay olish, shaxslararo muloqotga kirishish, milliy an’analar, yaqin qo‘shnichilik, muruvvat va sahovat fazilatlarining praksiologik imkoniyatlarining parametrlarini yaxlit konvergent real baholanishiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Natijalarining joriy qilinganligi. ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga moslashtirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ota-ona qarmog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga moslashtirishning “kognitiv”, “ehtiyojli-motivatsion”,“emotsional-regulyativ” komponentlarini biriktirish natijasida ijtimoiy-pedagogik moslashtirishning oila va oilaviy hayotga integrativligini ta’minlash asosida faoliyatli determinant elementlari “pedagogik predikator” sifatida ustivorlik berilishi dalillanganligiga doir tavsiyalari “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 29-may, 232-sonli buyrug‘i asosida berilgan nashr nusxasi). Natijada, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni oilada tarbiyalashga oid manbalarning foydalanish imkoniyati boyitilgan;
ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga moslashtirishning amaliy integrativligini optimallashtirishga qaratilgan “pedagogik-adaptatsion omillar” modeli daxldorlik, hamdardlik, bosiqlik, mulohazakorlik, loyallik, sobitqadamlilik kabi milliy tarbiya bloklarini transformatsiyalash orqali oiladagi kundalik turmush tarziga ta’siri dinamik barqarorligini ta’minlanishi asoslanganligiga oid yangiligi “Oila tarbiyasi” nomli o‘quv dasturining mazmuniga singdirilgan. (Maktabgacha va maktab taʻlimi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 30-dekabrdagi 01/11-02/02-1908-son ma’lumotnomasi). Natijada, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy moslashtirishni gerantologiya asosida milliy-ma’naviy rivojlantirishga xizmat qilgan;
ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga ijtimoiy-pedagogik moslashtirishning ota-ona munosabatlarini hisobga olish asosida patronat oilalarni “shakllantirish” orqali kundalik hayotiy faoliyatni reintegratsiyalash, regulyativ boshqaruv shakllarini o‘zgartirish tufayli tarbiyachi va tarbiyalanuvchining jarayonli-integrativ mezonlarini pedagogik shart-sharoitlarining permanentlikka asoslangan hamkorlikdagi faoliyatini kengaytirish orqali takomillashtirilganligiga doir ilmiy natijalari Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi 02-01/33-sonli “Xotin-qizlarning asosiy hayotiy qadriyatlariga erishish yo‘llarining sotsiologik tadqiqot” nomli amaliy loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab taʻlimi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 30-dekabrdagi 01/11-02/02-1908-son ma’lumotnomasi). Natijada, tutingan oilalarda oila muhitiga moslashish samaradorligini oshirishga erishilgan;
ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga ijtimoiy moslashtirishning pedagogik tizimini motivatsion-kognitiv, kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ mezonlarini pragmatik yaxlitligi natijasida oila haqidagi nazariy bilimlarga egalik, amaliy ko‘nikmalarning shakllanganligi, hayotiy muammolarni to‘g‘ri baholay olish, shaxslararo muloqotga kirishish, milliy an’analar, yaqin qo‘shnichilik, muruvvat va sahovat fazilatlarining praksiologik imkoniyatlarining parametrlarini yaxlit konvergent real baholanishiga doir taklif va tavsiyalari “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 29-may, 232-sonli buyrug‘i asosida berilgan nashr nusxasi). Natijada, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni begona muhitga ishtimoiylashuvi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirilgan.