Izbasarova Zamira Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishi sharoitida to‘g‘riqanotli hasharotni tarqalishini modellashtirish” 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T1380.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Pulatov Baxtiyor Alimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Xalillaev Sherzod Alimboevich, biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy- tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti” huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Gulnara Saidarifovna biologiya fanlari doktori, professor Ungalov Akmal Navruzovich texnika fanlari falsafa doktori
Yetakchi tashkilot – Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moliy.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqlim o‘zgarishi sharoitida to‘g‘riqanotli hasharotlarning GAT texnologiyalari asosida tarqalishini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston sharoitida iqlim o‘zgarishi sharoitida Jizzax viloyatida to‘g‘riqanotli hashorotlarni atrof-muhitga ta’sirini monitoring qilishda Global P-Locust modeli yaratilgan;
Global P-Locust modelini moslashtirish harorat, yog‘ingarchilik, shamol tezligi va o‘simlik qoplami va mintaqaga xos atrof-muhit ma’lumotlarini inobatga olgan holda 1998 yildan 2023 yillar uchun chigritkalarning tarqalishi modellashtirilgan;
shamol tezligi 5 m/s dan 30 m/s gacha ortishi bilan chigirtkalar sonining mos ravishda ko‘payishi korrelyasion bog‘lanish asosida isbotlangan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida va o‘simlik qoplamining o‘zgarishini hisobga olgan holda Jizzax viloyati bo‘yicha to‘g‘riqanotli hasharotlarning 100 m2 maydonda 86 dan 126 tagacha tarqalish xaritasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Iqlim o‘zgarishi sharoitida to‘g‘riqanotli hasharotni tarqalishini modellashtirish” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
iqlim o‘zgarishi sharoitida to‘g‘riqanotli hasharotlarning tarqalishini GAT texnologiyalarini qo‘llagan holda Global G-Locust modeli ilk bor integratsiya qilish asosida Jizzax viloyatida chigirtkalarning tarqalishi modellashtirilgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Jizzax boshqarmasi tizimida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024 yil 27 iyundagi 03-03/3-6255-son ma’lumotnomasi). Natijada moslashtirilgan model asosida ishlab chiqarilgan xaritalari Jizzax viloyati bo‘ylab chigirtka xavfi zonalarining batafsil vizualizatsiyasi ta’minlangan. Chigritkalarning integratsiyalashgan atrof-muhit o‘zgaruvchilari asosida past va o‘ta xavfli hududlarni belgilash imkoniyati yaratilgan.
to‘g‘riqanotli hasharotlarning Jizzax viloyati hududida havo harorati, shamol tezligi, nisbiy namliklarning hisobga olgan holda hududlar bo‘yicha tarqalishini modelashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrofmuhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasida amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024 yil 27 iyundagi 03-03/3-6255-son ma’lumotnomasi). Natijada Jizzax viloyatida tarqalgan to‘g‘riqanotli hasharotlarning o‘simlik qoplami va shamol yo‘nalishi, havo haroratining o‘zgarishi natijasida ularning keng miqyosda tarqalishi asoslangan.
to‘g‘riqanotli hasharotlar ekofaunasining zamonaviy holati tahlil qilingan, to‘g‘riqanotlilarning hudud iqlimiga moslash bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Jizzax viloyati bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024 yil 27 iyundagi 03-03/3-6255-son ma’lumotnomasi). Natijada Jizzax viloyati to‘g‘riqanotli hasharotlarning kamyob, doimiy yashovchi, indikator va qishloq xo‘jaligi uchun zararkunanda turlarining tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritasini yaratish, populyasiyasining mavsumiy dinamikasini aniqlash va Jizzax viloyati to‘g‘riqanotli hasharotlar yuzasidan kadastr ma'lumotlari ishlab chiqish imkonini bergan.