Jiang Runing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’loni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sun’iy intellekt nazariyasi usullari asosida aqlli issiqxonalarni yaratish texnologiyasi”, 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3898.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Sobirjon Sattorovich, texnika fanlari doktori, professor, Ivanyan Arsen Ignatevich, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik ishlash rejimlarini intellektual takomillashgan boshqarish tizimlari, qishloq xo’jaligi issiqxona ekinlari kasalliklarini profilaktik aniqlashning ilg‘or funksional imkoniyatlariga ega “aqlli” issiqxonalar samaradorligini oshirishni ta’minlovchi model va algoritmlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqxona ekinlarining tasvirini aniqlash va tadqiqot maqsadiga erishish uchun zarur bo'lgan tasniflashning aniqligini ta'minlash talablarini hisobga olgan holda pomidor barglari kasalliklari bo‘yicha yangi ma’lumotlarni to‘plash usuli ishlab chiqildi;
asl model parametrlari ko'rsatkichlari bo‘yicha model hajmini kamaytirish maqsadida Ghost moduli va konvolyusiya modulini tarmoq qatlamlari chuqurligi bo‘yicha birlashtirib, konvolyusion neyron tarmog‘ining klassik modellarini qiyosiy tahlil qilish asosida issiqxona pomidorlarining kasalliklarini aniqlash algoritmining takomillashtirilgan modeli ishlab chiqilgan;
issiqxona o‘simliklari kasalliklarini aniqlashning aniqligi va samaradorligini oshirishgan, model parametrlari va kasalliklarni aniqlashning aniqliklari o'rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan diqqat mexanizmini amalga oshirish tamoiliga asoslangan konvolyusion neyron tarmog‘ini optimallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
issiqxona ekinlariga kompleks xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish uchun boshqarish tizimiga kiritilgan kasalliklarni aniqlash va oldini olish algoritmini amalga oshiruvchi noravshan boshqarish tamoyili asosida issiqxonaning texnologik rejimlarini boshqarishning intellektual tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sun’iy intellekt nazariyasi usullari asosida aqlli issiqxonalarni yaratish texnologiyasi bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aqlli issiqxonalardagi texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi va qurilmasi Navoiy KMK issiqxona xo’jaligiga (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasining 2024 yil 7 martdagi 02-01-01/851 son ma’lumotnomasi).  hamda Xitoyning Dongming okrugi Hengxing kompaniyasiga joriy qilingan (Hengxing kompaniyasining joriy qilinganlik xaqidagi ma’lumotnomasi). Natijada, atrof mkxit sharoiti hamda o’simlik kasalliklari samarali aniqlanib, boshqarish tizimi samaradorligini oshirishga erishilgan;
aqlli issiqxonalardagi jarayonlarni boshqarishning dasturiy ta’minoti Navoiy KMK issiqxona xo’jaligiga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasining 2024 yil 7 martdagi 02-01-01/851 son ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan algoritm natijasida real vaqt rejimida issiqxonada atrof-muhit parametrlarini aniqlash, issiqxona ekinlari kasalliklari haqidagi ma’lumotlarni onlayn qayta ishlash va qishloq xo’jaligi o’simliklarining o’sishi va rivojlanishini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish