Ismoilova Muattar Ilyosovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilida qarashlilik-tegishlilik ma’nosini ifodalovchi birliklarning semantik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2419.
Ilmiy rahbar: Kurbonova Muxabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Umirov Ixtiyor Ergashovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi qarashlilik-tegishlilik ma’nosini ifodalovchi birliklarning  semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida qarashlilik-tegishlilik ma’nosining morfologik va morfologik-sintaktik usullarda egalik kategoriyasi birliklari, -dagi, -niki affikslari hamda oid, doir ko‘makchilari orqali ifodalanishi aniqlangan;
o‘zbek tilida qarashlilik-tegishlilik grammatik ma’nosining lugʻaviy ma’nosida “qarashlilik, tegishlilik” semasi mavjud bo‘lgan tegishli, taalluqli, qarashli, daxldor, aloqador, qarashli bo‘lmoq, taalluqli bo‘lmoq, tegishli bo‘lmoq, daxldor bo‘lmoq, aloqador bo‘lmoq leksik birliklari; -dor, -mand, -gi (-ki, -qi) affiksli yasalmalar orqali ifodalanishi asoslangan;
tilda qarashlilik-tegishlilik ma’nosining ega, ega bo‘lmoq, egalik qilmoq; ixtiyorida, ixtiyorida bo‘lmoq; izmida, izmida bo‘lmoq; qaramogʻida, qaramogʻida bo‘lmoq; tasarrufida, tasarrufida bo‘lmoq so‘zlari semantikasi ta’sirida yashirin ifodalanishi aniqlanib, unga turtki bergan leksemalarda “qarashlilik, tegishlilik” semasi saqlanib qolishi, hamda bu fe’l leksemalar ishtirokida tuzilgan gaplarda qarashlilik/tegishlilikni bildiruvchi axborotlar ifodalananishi   ochib berilgan;
qarashlilik-tegishlilik ma’nosini ifodalovchi konstruksiyalarda predmetga egalik qiluvchi – possessor hamda egallangan predmetni ifodalovchi korrelyat munosabati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida qarashlilik-tegishlilik ma’nosini ifodalovchi birliklarning semantik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
o‘zbek tilida qarashlilik-tegishlilik ma’nosini ifodalovchi birliklar semantikasi bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzularidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 521/1-son maʻlumotnomasi). Natijada ushbu loyiha turli stillardagi matnlarda nutqning o‘ziga xosligini ko‘rsatishda qarashlilik-tegishlilik kategoriyasi shakllarining ahamiyatiga doir  bilimlar bilan mazmunan to‘ldirilgan;
o‘zbek tilida qarashlilik-tegishlilik ma’nosining yashirin ifodalanishi masalasiga oid qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzularidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 520/1-son maʻlumotnomasi). Natijada mazkur loyihada bayon etilgan nazariy xulosalar tilda qarashlilik-tegishlilik kategoriyasining yashirin ifodalanishi masalasiga oid yangi xulosalar bilan boyitilgan;
qarashlilik va tegishlilik ma’nosini ifodalovchi birliklarning og‘zaki va yozma matnlardagi, shuningdek, badiiy matndagi lisoniy imkoniyatlari fikrni boyitishi, bunday birliklarning asosiy vazifasi, o‘rni, maqomi masalasini tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariylarini, OAVning turli matnlarini tayyorlashda hamda matnni shakllantirishda, suxandon nutqini to‘g‘rilashda, kommunikantlar o‘rtasida axborot uzatishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga oid ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 27-maydagi 06-28-672-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi ma’rifiy-ma’naviy fikrlar, ilmiy qarashlarga asoslangan xulosalar teleko‘rsatuv ssenariysini mazmunan boyitgan va mukammallashtirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish