Xojimatov Maxsadbek Muydinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ferrotsen va metilolmochevina hosilalari sintezi hamda ularni sinflash», 02.00.09–Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K37.
Ilmiy rahbar: Asqarov Ibroxim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Karimqulov Qurbonqul Mavlonqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Isaqov Muxammadjon Yunusovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ferrotsen va metilolmochevina, metiloltiomochevina hosilalari asosida yangi birikmalar sintez qilish, ularni ichida biostimulyator xossasiga ega bo‘lganlarini aniqlash, yangi biostimulyatorlar uchun kimyoviy tarkibi asosida xalqaro kod raqamlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ferrotsen va metilolmochevina hamda ularning hosilalari asosida yangi biologik faol birikmalar sintez qilingan;
p-ferrotsenilfenol, m-ferrotsenilbenzoy kislotasini metilolmochevina, metilendimochevina bilan hosilalari diazotirlash reaksiyasi natijasida turli xil erituvchilarda hosil bo‘lishi aniqlangan;
tarkibida ferrotsen va metilolmochevina hosilalari saqlovchi biologik faol moddalarning kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari aniqlangan;
sintez qilingan birikmalarning biologik faolligini chigitning unib chiqishi, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi hamda hosildorligiga ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ferrotsen va metilolmochevina asosida sintez qilingan biologik faol moddalarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ferrotsen va metilolmochevina asosida sintez qilingan «ADUMAX» biostimulyatorini qo‘llash texnologiyasi 2012–2016 yillar davomida Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi jami 100 gektar g‘o‘za maydonlariga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 27 dekabrdagi 07/23-1126-son ma’lumotnomasi). Natijada biostimulyator bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlaridan gektaridan qo‘shimcha 3-5 s hosil olish imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha ferrotsen va uning hosilalari uchun 2942 00 000 1, azot tutuvchi ferrotsen hosilalari uchun 2942 00 000 2 kod raqamlari ishlab chiqilgan va Davlat bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 6 yanvardagi 1/16-8-son ma’lumotnomasi). Natijada tarkibida ferrotsen va azot saqlovchi biologik faol birikmalarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.