Rashidova Nargiza Rashid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion yondashuv asosida professional ta’lim muassasasi pedagog kadrlarining jamoaviy liderlik kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3928.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nafisa Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida professional ta’lim muassasasi pedagog kadrlarining jamoaviy liderlik kompetentligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagog kadrlarda jamoaviy liderlik kompetentligining pedagogik va psixologik elementlarini aniqlash orqali, analitik testlar yordamida jamoaviy liderlik kompetentligining reformatorlik, altruistik va adaptiv komponentlari aniqlangan;
hamkorlikka yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi va innovatsion yondashuvning komponentlari asosida jamoaviy liderlik kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli takomillashtirilgan;
pedagog kadrlarning jamoaviy liderlik kompetentligini rivojlantirish metodikasi hamkorlilik, refleksivlik, tizimlilik va uzlyuksizlik tamoyillariga ustuvorlik bergan holda takomillashtirilgan;
pedagog kadrlarning jamoaviy liderlik kompetentliligining rivojlanganligini belgilovchi tayanch, produktiv va ijodiy-kreativ darajalarini aniqlashda baholash mezonlarini takomillashtirish orqali samaradorlik statistik jihatdan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuv asosida professional ta’lim muassasasi pedagog kadrlarining jamoaviy liderlik kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha uslubiy va amaliy takliflar asosida:
professional ta’lim muassasasi pedagog kadrlarida o‘z faoliyatini refleksiv baholash, jamoaning motivatsion darajasini oshirish, jamoada faoliyat olib borish, jamoada to‘g‘ri qaror qabul qilish, jamoaning ichki motivatsiyasini rag‘batlantirish, ta’lim muassasasi faoliyatini baholash, jamoaviy faoliyatning afzalliklari va jamoaviy liderlik kompetentligining komponentlarini rivojlantirishga oid uslubiy tavsiyalar “Kasbiy kreativlik va pedagogik kompetentlikni rivojlantirish” modulining didaktik ta’minoti mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 29 martdagi 2/17-4/4-5262-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasasi pedagog kadrlarining malaka oshirish markazlarida o‘quv-meyoriy hujjatlar innovatsion yondashuv asosida takomillashtirishga erishilgan;
aksiologik va evtagogik yondashuvlar asosida hamkorlikka yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasining tamoyillarini (hamkorlilik, refleksivlik, tizimlilik va uzlyuksizlik) qo‘llashga oid takliflar “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 29 martdagi 2/17-4/4-5262-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasasi pedagog kadrlarining jamoaviy faoliyati orqali ularning jamoaviy liderlik kompetentligini oshirishga erishilgan;
pedagog kadrlarning jamoaviy liderlik kompetentligini rivojlantirishning metodik (tashxislovchi, takomillashtiruvchi, adaptiv va transformatsion) bosqichlari asosida “Professional ta’lim muassasasi pedagog kadrlarining liderlik kompetententligini rivojlantirish” nomli modul pedagog kadrlarning jamoaviy liderlik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 29 mart 2024 yil 2/17-4/4-5262-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasasi pedagog kadrlarining jamoaviy liderlik kompetentliligini oshirishga erishilgan.