Ruziev Xamrokul Juraevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublika agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” , 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1660
Ilmiy rahbar: Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, proffesor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.12.2020.I.09.04.raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muhiddinova Kamola Alisherovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shadieva Gulnora Mardievna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi Davlat universiteti..
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikada agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qishloq xo‘jaligi va agrosanoat majmualarining samaradorligini oshirish maqsadida texnika va uskunalarni ta’mirlash, suv ta’minoti, o‘g‘it va kimyoviy moddalar etkazib berish, transport xizmatlari, agrotexnika maslahatlari berish va boshqa qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlar tarkibi soha ish faoliyatini samarali tarzda tashkil qilish va yuqori hosildorlikka erishishni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
agrosanoat majmualariga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning faoliyat barqarorligiga erishishda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq daromadlarning minimal hajmini ta’minlash orqali ular moliyaviy holati samaradorligini oshirish (kichu ≈ 0,15 – 0,2)ning meyoriy chegaralari asoslangan;  
qishloq xo‘jaligida tadbirkorlarga agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sherikligi asosida yuqori qiymatli va innovatsion tavsifdagi texnik vositalar ro‘yxatiga kiritilgan ishlab chiqarish vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazib berishga oid agroxizmatlar ko‘rsatuvchi subektlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;  
O‘zbekiston agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatish darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy-iqtisodiy omillarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy natijalar:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini qishloq xo‘jaligi va agrosanoat majmualarining samaradorligini oshirish maqsadida texnika va uskunalarni ta’mirlash, suv ta’minoti, o‘g‘it va kimyoviy moddalar etkazib berish, transport xizmatlari, agrotexnika maslahatlari berish va boshqa qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlar tarkibi soha ish faoliyatini samarali tarzda tashkil qilish va yuqori hosildorlikka erishishni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari jumladan, 5410400-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejment asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2021 yil 01 martdagi №110-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda qishloq xo‘jaligi va agrosanoat majmualarining ish faoliyatini samarali tarzda tashkil qilish va yuqori xosildorlikka erishishni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatish” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini yaratgan;
agrosanoat majmualariga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning faoliyat barqarorligiga erishishda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq daromadlarning minimal hajmini ta’minlash orqali ular moliyaviy holati samaradorligini oshirish (kichu ≈ 0,15–0,2) ning meyoriy chegaralaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligida agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatish munosabatlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/07-04-232-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida eng samarali ishlaydigan mexanizmlarni tanlash orqali ishlab chiqarish xarajatlari sarfini 20% gacha qisqartirish, yangi texnikadan foydalanish ishlab chiqarish unumdorligini 25-30% gacha oshirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligida tadbirkorlarga agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sherikligi asosida yuqori qiymatli va innovatsion tavsifdagi texnik vositalar ro‘yxatiga kiritilgan ishlab chiqarish vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazib berishga oid agroxizmatlar ko‘rsatuvchi subektlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligida agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatish munosabatlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/07-04-232-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida  agroxizmatlar ko‘rsatuvchi subektlar faoliyat rentabellik darajasini 15-20% gacha oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatish darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy-iqtisodiy omillarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligida agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatish munosabatlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/07-04-232-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xo‘jaligi sohasi ishtirokchilarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish hamda asosiy faoliyat parametrlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish