Kuchiev Malik Abdumannonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi zamon nemis tilida frazeologizmlar ishtirok etgan ilova konstruksiyalar: struktur-semantik tahlil”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2742.
Ilmiy rahbar: Begmatov Muxtor Begmatovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Baxodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoliyarov Lutfulla Tashquvatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnda frazeologizmlar ishtirok etgan ilova konstruksiyalarning struktur-semantik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi zamon nemis badiiy asarlarida qo‘llanadigan sintaktik frazeologik birliklar, ilova hodisasi, ilova konstruksiya, ilovali element kabi tushunchalarning lingvistik mohiyati nemis yozuvchilari asarlarida aks etgan izshillik, antropotsentrizm va determinizm tamoyillariga asoslangan holda ochib berilgan;
frazeologizmlar ishtirok etgan ilova konstruksiyaning lingvistik tahlili hamda tilning badiiy tasvir vositalari funksiyalari asosida ilovali elementlarning struktur jihati komponentlarning o‘zaro aloqasi, ularning nutqda tutgan o‘rni va sintaktik xususiyatlarini aniqlash orqali ochib berilgan;
hozirgi zamon nemis tili ilova konstruksiyasidagi frazeologizmlardan tashkil topgan ilovali elementlar leksik tarkibiga xos bo‘lgan xususiyatlari va ularning struktur-semantik o‘ziga xosligi til birliklarining ma’no xususiyatlari va sinonimik munosabatlar asosida dalillangan;
frazeologizmlar ishtirok etgan ilovali elementlarni struktur-semantik nuqtayi nazardan tahlil qilish asosida ilova konstruksiya tarkibidagi birliklarning funksional-semantik xususiyatlari ularning badiiy matnda verballashuviga ko‘ra aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi zamon nemis tilida frazeologizmlar ishtirok etgan ilova konstruksiyalar: struktur-semantik tahlil mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
hozirgi zamon nemis badiiy asarlarida qo‘llanadigan sintaktik frazeologik birliklar, ilova hodisasi, ilova konstruksiya, ilovali element kabi tushunchalarning lingvistik mohiyati nemis yozuvchilari asarlarida aks etgan izshillik, antropotsentrizm va determinizm tamoyillariga oid xulosalaridan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 16-yanvardagi 108/02-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislik fanlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida virtual resurslar yaratishda sintaktik frazeologik birliklar, ilova konstruksiya, ilovali elementlarning ifodalanish usullarini tadbiq qilish orqali talabalar bilimini boyitishga xizmat qilgan;
frazeologizmlar ishtirok etgan ilova konstruksiyaning lingvistik tahlili hamda tilning badiiy tasvir vositalari funksiyalari asosida ilovali elementlarning struktur jihati komponentlarning o‘zaro aloqasi, ularning nutqda tutgan o‘rni va sintaktik xususiyatlariga doir xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 9-apreldagi 755/02-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada frazeologizmlar ishtirok etgan ilova konstruksiyaning lingvistik tahlili asosida ilovali elementlarning struktur xususiyatlarini tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, amaliy taklif va tavsiyalar muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
hozirgi zamon nemis tili ilova konstruksiyasidagi frazeologizmlardan tashkil topgan ilovali elementlar leksik tarkibiga xos bo‘lgan xususiyatlari va ularning struktur-semantik o‘ziga xosligi til birliklarining ma’no xususiyatlari va sinonimik munosabatlarga doir mulohazalardan № FZ-2019062034 raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetining 2024-yil 24-apreldagi 24/244-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy ish natijalarining qo‘llanilishi zamonaviy tilshunoslikda frazeologizmlar ishtirok etgan ilovali elementlarni struktur-semantik nuqtayi nazardan tahlil qilish asosida ilova konstruksiya tarkibidagi birliklar funksional-semantik vazifalarni bajarib kelishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, amaliy taklif va tavsiyalar loyiha doirasida yaratilgan nemis tilida so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini o‘rgatish normativlari, grammatik mashqlar va lug‘atlar tuzishda imkon yaratgan;
frazeologizmlar ishtirok etgan ilovali elementlarni struktur-semantik nuqtayi nazardan tahlil qilish asosida ilova konstruksiya tarkibidagi birliklarning funksional-semantik xususiyatlari ularning badiiy matnda verballashuviga ko‘ra oid xulosalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 16-yanvardagi 108/02-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada sintaktik frazeologik birliklar, ilova konstruksiya, ilovali elementlarning ifodalanish usullarini tadbiq qilish orqali talabalar lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan.