Yunusova Soxibaxon Abdusattorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fransuz va o‘zbek tillaridagi reklama matnlarining gender xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3212.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Aziza Arslonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Qurbonova Gulsara Sodiqovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillaridagi reklama matnlarining gender xususiyatlari orqali ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek tillaridagi reklama matnlarini tasniflash orqali ularning butun bir jamiyat qiyofasini namoyon etuvchi lingvistik maqomi verbal va noverbal vositalar orqali reklamada genderga oid til birliklarining voqelanish darajasi ikki xil madaniyatga xos bo‘lgan gender stereotiplarining namoyon bo‘lishiga ko‘ra aniqlangan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi erkak va ayollarga qaratilgan reklama matni mohiyati o‘ziga xos so‘zlarni sifatli tanlash bilan belgilanishi, gender jihatidan farqlanuvchi leksik birliklarni reklama matnlarida implisit ifodalashda eksplisit vosita bo‘lib xizmat qilishi ularning struktur, funksional hamda mazmun shakllariga ko‘ra dalillangan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi reklamalar tematik guruhlarining statistic tahlili orqali erkak va ayol obrazlarini milliy-madaniy stereotiplar negizida o‘ziga xos universal xususiyatlarini aniqlash va mustahkamlashda reklamaning ijtimoiy ta’sirining samaradorligi o‘zbek tilida “ayol – uy bekasi”, “ayol – ekspert”, “ayol – ona”, fransuz reklamalarida esa “muvaffaqiyatli ayol”, “haqiqiy ayol” va “betavfiq ayol” obrazlari asosida namoyon bo‘lishi asoslangan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi ayollarga qaratilgan reklamalarda tabu mavzulari, erkaklarga qaratilgan reklamalarda esa yumor usulini qo‘llash darajasini ochib berish orqali biodeterminizm va sotsiodeterminizm aspektida ijtimoiylashuv omili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek tillaridagi reklama matnlarining gender xususiyatlarini chog‘ishtirma tadqiq qilish orqali ularning o‘xshash va farqli jihatlarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
fransuz va o‘zbek tillaridagi reklama matnlarini tasniflash orqali ularning butun bir jamiyat qiyofasini namoyon etuvchi lingvistik maqomi verbal va noverbal vositalar orqali reklamada genderga oid til birliklarining voqelanish darajasi ikki xil madaniyatga xos bo‘lgan gender stereotiplarining namoyon bo‘lishiga doir xulosalardan TUMED - Xalqaro uyushmasida amalga oshirilgan “Uluslararası Mezunlar Karier İnşaası” loyihasi doirasida keng foydalanilgan (TUMED - Xalqaro uyushmasining 2024-yil 19-martdagi 06/164-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida yaratilgan o‘quv adabiyotlarda qo‘llanilgan erkak va ayol nutqining lisoniy ta’sirchanligi oshishiga xizmat qilgan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi reklamalar tematik guruhlarining statistic tahlili orqali erkak va ayol obrazlarini milliy-madaniy stereotiplar negizida o‘ziga xos universal xususiyatlarini aniqlash va mustahkamlashda reklamaning ijtimoiy ta’sirining samaradorligi o‘zbek tilida “ayol – uy bekasi”, “ayol – ekspert”, “ayol – ona”, fransuz reklamalarida esa “muvaffaqiyatli ayol”, “haqiqiy ayol” va “betavfiq ayol” obrazlari asosida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan TUMED - Xalqaro uyushmasida amalga oshirilgan “Uluslararası Mezunlar Karier İnşaası” loyihasi doirasida keng foydalanilgan (TUMED - Xalqaro uyushmasining 2024-yil 19-martdagi 06/164-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida yaratilgan o‘quv adabiyotlarda gender ekspertizasini amalga oshirishga xizmat qilgan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi ayollarga qaratilgan reklamalarda tabu mavzulari, erkaklarga qaratilgan reklamalarda esa yumor usulini qo‘llash darajasini ochib berish orqali biodeterminizm va sotsiodeterminizm aspektida ijtimoiylashuv omili ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Valeologlar Assotsiatsiyasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda zamonaviy xalqaro tajribani targib qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Valeologlar Assotsiatsiyasining 2024-yil 18-martdagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif qilingan tavsiya va xulosalar assotsiatsiya tamonidan ishlab chiqilgan qo‘llanma va tavsiyalarning lisoniy ta’sirchanligining mukammallashuviga xizmat qilgan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi erkak va ayollarga qaratilgan reklama matni mohiyati o‘ziga xos so‘zlarni sifatli tanlash bilan belgilanishi, gender jihatidan farqlanuvchi leksik birliklarni reklama matnlarida implisit ifodalashda eksplisit vosita bo‘lib xizmat qilishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ZO‘R TV telekanalida gender tenglikni rag‘batlantirish va unga erishish uchun ommaviy axborot vositalari faoliyati orqali zamonaviy ijtimoiy hamda siyosiy faol xotin-qizlar imijini aks ettiruvchi, xotin-qizlar va erkaklar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yorituvchi teleko‘rsatuvlarni takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarning bevosita ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ZO‘R TV telekanalining 2024-yil 4-martdagi 71/24-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif qilingan tavsiya va xulosalar teleradiokompaniya tomonidan shu sohaga oid turli teleko‘rsatuvlarni yaratishga va ularning takomillashuviga xizmat qilgan.