Alimardonova Malika Botir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining yozuv malakalarini takomillashtirishda baholash xususiyatlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2836.
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
    Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Alimov Farhod Sharabiddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining akademik yozuv malakalarini baholash metodi asosida takomillashtirishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o'qituvchilarining yozuv malakalari analitik baholash jarayoniga ob’ektiv ta’sir ko‘rsatadigan pedagogik omillarning yozma nutq, ifodaning grafik tizimi, fikrlarni grafik tarzda ifodalash, nutqiy savodxonlikni rivojlantirish kabi diskursiv kompetensiya komponentlariga identivligini frontal aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari yozuv malakalarini takomillashtirishda baholashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini izchil rivojlantirishga qaratilgan joriy baholash (assessment for learning), yakuniy baholash (assessment of learning), mustaqil baholash (assessment as learning) shakllarining natijadorligini ta’minlashda kasbiy omillarning o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlariga lingvistik-kognitiv komponentni diagnostika qilish samaradorligi aniqlangan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining akademik yozuv malakasini takomillashtirishda nazorat qilish jarayonini tizimli baholash modeli “O‘qish va yozish” modulini o‘qitish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishda reseptiv, ijodiy, produktiv, sinov mashqlar tizimini kiritish orqali interfaol modellashtirish imkoniyatlarini ochib berish orqali takomillashtirilgan;
onlayn hamda offlayn ta’lim shaklida “Xorijiy til va adabiyoti” yo‘nalishi yuqori bosqich talabalarining chet tilida yozuv malakalarini takomillashtirishga qaratilgan baholash hamda nazorat qilish jarayoni metodik ta’minoti mashqlarning murakkablik darajasi hamda baholash usullari integratsiyasini o‘z ichiga olgan tashkiliy va joriy etish, mustahkamlash, samarali va ilmiy qo‘llash, refleksiv-baholash kabi to‘rt bosqichli tizimga asoslangan holda takomillashtirilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining yozuv malakalarini takomillashtirishda baholash xususiyatlariga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak ingliz tili o'qituvchilarining yozuv malakalari analitik baholash jarayoniga ob’ektiv ta’sir ko‘rsatadigan pedagogik omillarning yozma nutq, ifodaning grafik tizimi, fikrlarni grafik tarzda ifodalash, nutqiy savodxonlikni rivojlantirish kabi diskursiv kompetensiya komponentlariga identivligini frontal aniqlash asosida takomillashtirilishi hamda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari yozuv malakalarini takomillashtirishda baholashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini izchil rivojlantirishga qaratilgan joriy baholash (assessment for learning), yakuniy baholash (assessment of learning), mustaqil baholash (assessment as learning) shakllarining natijadorligini ta’minlashda kasbiy omillarning o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlariga lingvistik-kognitiv komponentni diagnostika qilish samaradorligi aniqlanishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Shaxrisabz davlat pedagogika institutitlari “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” yo‘nalishining o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 23-yanvardagi 02/01-0102-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot jarayonida fan, texnika hamda ijtimoiy soha yutuqlarini inobatga olgan holda, ishlab chiqilgan tavsiyalar “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” ta’lim yo‘nalishi o‘quv dastur va malaka talablarini ishlab chiqishga hamda o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
onlayn hamda offlayn ta’lim shaklida “Xorijiy til va adabiyoti” yo‘nalishi yuqori bosqich talabalarining chet tilida yozuv malakalarini takomillashtirishga qaratilgan baholash hamda nazorat qilish jarayoni metodik ta’minoti mashqlarning murakkablik darajasi hamda baholash usullari integratsiyasini o‘z ichiga olgan tashkiliy va joriy etish, mustahkamlash, samarali va ilmiy qo‘llash, refleksiv-baholash kabi to‘rt bosqichli tizimga oid taklif va tavsiyalardan “Respublika bo‘yicha masofaviy ta’lim berish uchun yaratilgan onlayn hamda offlayn shaklda ishlaydigan axborot-metodik ta’minot platformasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining 2022-yil 9-noyabrdagi A-01-870-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan elektron resurslar va o‘quv qo‘llanmaning mazmun-mohiyati boyitilgan;    
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining akademik yozuv malakasini takomillashtirishda nazorat qilish jarayonini tizimli baholash modeli “O‘qish va yozish” modulini o‘qitish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishda reseptiv, ijodiy, produktiv, sinov mashqlar tizimini kiritish orqali interfaol modellashtirish imkoniyatlarini ochib berish orqali takomillashtirilishi xususidagi takliflardan “Respublika bo‘yicha masofaviy ta’lim berish uchun yaratilgan onlayn hamda offlayn shaklda ishlaydigan axborot-metodik ta’minot platformasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining 2022-yil 9-noyabrdagi A-01-870-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozuv malaka va ko‘nikmalarini baholash tartibining takomillashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish