Auezova Raya Tileubaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini veb-kvest texnologiyasi asosida tashkil etish metodikasini takomillashtirish (Informatika va raqamli texnologiya fani misolida)”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped1637.
Ilmiy rahbar: Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Chorshanbiev Zafar Esonpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini veb-kvest texnologiyasi asosida tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik shartlari o‘quv faoliyatida ilmiy axborotlar bilan ishlashni uslubiy yondashuvlarini, vizual loyihalar tayyorlash texnologiyalarini faollashtirish, muammoli, kreativ fikrlash jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish va kognitiv darajali topshiriqlardan foydalanish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini veb-kvest ta’lim texnologiyasi yordamida tashkil etishning metodik imkoniyatlari va mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlari mustaqil ta’lim olish kompetensiyasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvshilarni “Informatika va raqamli texnologiya” fanidan mustaqil ta’limini baholash metodikasi kredit-modul tizimida baholash omillarini hisobga olish va “teskari aloqa”ni proektiv-rekursiv ta’minotini o‘rnatish bilan HEMIS muhitida pedagog va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatining produktivlik darajasini muntazam diagnostika qilib borishni ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvshilarni mustaqil ta’limini tashkil etish pedagogik modelining texnologik komponenti “Informatika va raqamli texnologiya” fanini o‘qitishga doir uch bosqichli veb-kvest ta’lim texnologiyasini qo‘llash tamoyillari tizimli-faoliyat, muammoli, kognitiv yoshdashuvlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini veb-kvest texnologiyasi asosida tashkil etish metodikasini takomillashtirish (Informatika va raqamli texnologiya fani misolida) bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik shartlari o‘quv faoliyatida ilmiy axborotlar bilan ishlashni uslubiy yondashuvlarini, vizual loyihalar tayyorlash texnologiyalarini faollashtirish, muammoli, kreativ fikrlash jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish va kognitiv darajali topshiriqlardan foydalanish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Kompyuter grafikası hám web dizayn páninen laboratoriya jumısları” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 594159-raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etish tizimini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini veb-kvest ta’lim texnologiyasi yordamida tashkil etishning metodik imkoniyatlari va mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlari mustaqil ta’lim olish kompetensiyasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirish hamda bo‘lajak o‘qituvshilarni mustaqil ta’limini tashkil etish pedagogik modelining texnologik komponenti “Informatika va raqamli texnologiya” fanini o‘qitishga doir uch bosqichli veb-kvest ta’lim texnologiyasini qo‘llash tamoyillari tizimli-faoliyat, muammoli, kognitiv yoshdashuvlar asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishga foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-maydagi 11-05-3067/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak matematika va informatika o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalarga oid kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvshilarni “Informatika va raqamli texnologiya” fanidan mustaqil ta’limini baholash metodikasi kredit-modul tizimida baholash omillarini hisobga olish va “teskari aloqa”ni proektiv-rekursiv ta’minotini o‘rnatish bilan HEMIS muhitida pedagog va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatining produktivlik darajasini muntazam diagnostika qilib borishni ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan FZ-2017-0929789 raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-maydagi 11-05-3067/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak matematika va informatika o‘qituvchilarining “Informatika va raqamli texnologiya” fanidan talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etish va baholash ishlarini takomillashtirishga erishilgan.