Yorkulov Behzod Abdugabbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Noravshan kognitiv modellashtirish asosida ta’lim axborot tizimlarini sifatini baholash va boshqarish algoritmlarini ishlab chiqish”, 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.3.PhD/T3629
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sulyukova Larisa Faritovna, texnika fanlari doktori, k.i.x.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU kafedra professori Muxamedieva Dildora Kabilovna, texnika fanlari doktori, dotsent; “TIQXMMI” MTU kafedra dotsenti Kabildjanov Aleksandr Sabitovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’lumotlar noaniqligi sharoitida xalqaro standartlarga mos darajani ta’minlash maqsadida ta’lim axborot tizimlarining sifatini baholash va boshqarish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’lim axborot tizimi sifatini baholashning ma’lumotlardagi noaniqliklar va o‘zgarishlarni hisobga oladigan, qaror qabul qilish jarayonida xolislik va shaffoflikni ta’minlagan holda tizim sifatini yakuniy baholash aniqligini oshirish imkonini beradigan kompleks mezon shakllantirilgan hamda axborot tizimi sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ekspertlarning sust shakllantirilgan lingvistik baholashlarini innnobatga oluvchi va sifatli ko‘rsatkichlarni miqdoriy ko‘rsatkichlarga talqin qilish imkonini beruvchi ta’lim axborot tizimini baholashning optimallashtirilgan noravshan kognitiv modeli ishlab chiqilgan;
axborot xavfsizligi darajasini baholash uchun qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash algoritmini o‘z ichiga olgan ta’lim axborot tizimining sifatini boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
ta’lim axborot tizimining turli hayot sikli bosqichlarida muammoli sohalarni aniqlash va tizimning sifatini oshirish uchun boshqaruv qarorlarini shakllantirish imkonini beruvchi kompleks baholash metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ta’lim axborot tizimlari sifatini baholash va boshqarishning mavjud hamda taklif etilgan algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua asosida:
ta’lim axborot tizimlari sifatini baholash bo‘yicha dasturiy majmua ta’lim axborot tizimini baholashda Navoiy davlat konchilik institutida tajribaviy sinovdan o‘tkazilgan va joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 14-iyundagi №01/11-01/10-51-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim axborot tizimini sifatini baholash vaqti 1,37 martaga qisqartirish va ta’lim axborot tizimini sifatini baholash xarajatlarini 3,54 martaga kamaytirish imkonini bergan;
ta’lim axborot tizimlari sifati darajasini baholash modellari, metodika va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua, shuningdek, ta’lim kontentni belgilash bo‘yicha qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi ko‘rinishidagi veb-ilova Navoiy shahridagi 1-sonli ixtisoslashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida foydalanishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 14-iyundagi №01/11-01/10-51-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim axborot tizimi sifatini baholash vaqtni 1,4 martaga qisqartirish va ta’lim axborot tizimi sifatini baholash xarajatlarini 2,3 martaga kamaytirish imkonini bergan;
ta’lim axborot tizimlari sifatini baholash bo‘yicha dasturiy majmua ta’lim axborot tizimini baholashda Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash hududiy markazida tajribaviy sinovdan o‘tkazilgan va joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 14-iyundagi №01/11-01/10-51-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim axborot tizimini sifatini baholash vaqti 2,2 martaga qisqartirish va ta’lim axborot tizimini sifatini baholash xarajatlarini 1,7 martaga kamaytirish imkonini bergan.