Qo‘ziev Shahzod Serobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sabzi kovlagichning qazish ish organi parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4498
Ilmiy rahbar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor; Bayboboev Nabijon Gulomovich, texnika fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikalari va texnologiya-larini sinash va sertifikatlash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sabzi kovlagichning qazish ish organi konstruksiyasini ishlab chiqish va uning kam energiya sarflyagan holda yuqori ish sifatini ta’minlovchi parametrlarini asoslash orqali sabzi kovlab olish to‘liqligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sabzi kovlashda lemex oldida sabzi-tuproq massasini to‘planmasligini ta’minlash va uning uvalanishini oshirish, sabzilarni shikastlanish va yo‘qotilish darajasini kamaytirishni hisobga olib tuproqqa kirish burchaklari turlicha bo‘lgan seksiyali lemexlar va ularning ikki yonbosh tomoniga gorizontga nisbatan tik, o‘rnatilish burchagi o‘zgaruvchan bo‘lgan disklar bilan jihozlangan sabzi kovlagichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;   
sabzi kovlagichning energiyatejamkorligini ta’minlaydigan tuproqqa kirish burchaklari turlicha bo‘lgan seksiyali lemexning uzunligi, eni va gorizontga nisbatan o‘rnatilish burchagining qiymatlari sabzini to‘liq kovlab olish hamda kam shikastlash shartidan kelib chiqqan holda aniqlangan;  
sabzilarni yo‘qotilish darajasini kamaytirishni ta’minlaydigan yonbosh disklarning tikka nisbatan o‘rnatilish burchagining va diametri kabi parametrlari sabzi pushtasini kerakli qismini kesib ketish va kam tuproq massasini lemexga uzatilishini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan analitik bog‘lanishlari asosida aniqlangan.
tuproqqa kirish burchaklari turlicha bo‘lgan seksiyali lemexlar va ularning ikki yonbosh tomoniga gorizontga nisbatan o‘rnatilish burchagi o‘zgaruvchan bo‘lgan disklarning parametrlari sabzi kovlagichning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini ifodalovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tuproqqa kirish burchaklari turlicha bo‘lgan seksiyali lemexlar va ularning ikki yonbosh tomoniga tikka nisbatan o‘rnatilish burchagi o‘zgaruvchan bo‘lgan disklar bilan jihozlangan energiya-resurstejamkor sabzi kovlagichni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
energiya-resurstejamkor sabzi kovlagich uchun dastlabki talablar tasdiqlangan, uning konstruksiyasi ishlab chiqilgan va parametrlari asoslangan;
Tuproqqa kirish burchaklari turlicha bo‘lgan seksiyali lemexlar va ularning ikki yonbosh tomoniga tikka nisbatan o‘rnatilish burchagi o‘zgaruvchan bo‘lgan disklar bilan jihozlangan sabzi kovlagich Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25-yanvardagi №06/27-05/401-son ma’lumotnomasi);
energiya-resurstejamkor qazish ishchi organlar bilan jihozlangan sabzi kovlagich ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25-yanvardagi №06/27-05/401-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa kirish burchaklari turlicha bo‘lgan seksiyali lemexlar va ularning ikki yonbosh tomoniga tikka nisbatan o‘rnatilish burchagi o‘zgaruvchan bo‘lgan disklar bilan jihozlangan fermerbop universal sabzi kovlagichni sanoat usulida ishlab chiqarishning texnik imkoniyati yaratilgan.    
ildiz-meva yig‘ishtirish mashinasining qazish ish organi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining foydali modelga patenti olingan. (“Ildiz-meva yig‘ishtirish mashinasining qazish ish organi”, №FAP02310, 2023y.). Natijada kovlagich qazish ish organi yordamida sabzilarni kam shikastlab to‘liq kovlab olish imkoniyati yaratilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish