Bo‘riev Muhriddin Dehqon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Plug-yumshatkich tishli g‘altakmolasining parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.3.PhD/T4932
Ilmiy rahbar: Chuyanov Dustmurod Shodmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Batirov Zafar Lutfullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Qurbanov Sherzod Baxtiyorovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi plug-yumshatkich tishli g‘altakmolasining konstruksiyasi va parametrlarini asoslash orqali dalalarga ag‘dargichsiz ishlov berishda energiyatejamkorlik va yuqori ish sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
plug-yumshatkich g‘altakmolasining konstruksiyasi nam etarli bo‘lmagan sharoitida shudgor yuza qatlamidagi kesaklarni talablar darajasida sifatli maydalashni ta’minlashini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
g‘altakmola diametri uning tishi bosimini kesakka jamlanishi hamda kesaklarni g‘altakmola silindri va ishlov berilgan dala orasida ishonchli qisilishi shartidan aniqlangan;
g‘altakmola tishlarining kengligi, balandligi va soni kesaklarning o‘lchamlari va o‘zaro joylashishini hisobga olgan holda asoslangan;
oxirgi qiya ustunli ishchi organ iskanasi tig‘idan g‘altakmolaning aylanish markazigacha bo‘lgan bo‘ylama masofa keyingi ishchi organ ta’sirida deformatsiyalangan tuproqning zarralari g‘altakmola tishlariga etib bormaslik shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tuproqqa ag‘dargichsiz ishlov beradigan plug-yumshatkich g‘altakmolasining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘altakmola bilan jihozlangan plug-yumshatkich bilan dalalarga ag‘dargichsiz ishlov berish texnologik jarayonlarining bajarilishi sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va uning konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 05/04-04/491-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘altakmola bilan jihozlangan plug-yumshatkich konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
g‘altakmola bilan jihozlangan plug-yumshatkich Qashqadaryo viloyati Kasbi va Qarshi tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 05/04-04/491-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa ishlov berishda yonilg‘i sarfi 21,4 foizga va foydalanishdagi xarajatlar 22,5 foizga kamaygan;
g‘altakmola bilan jihozlangan plug-yumshatkichni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstrktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 05/04-04/491-son ma’lumotnomasi). Natijada dalalarga ag‘dargichsiz ishlov beradigan g‘altakmola bilan jihozlangan plug-yumshatkichni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.