Baratova Mexriban Subidinovnaning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paroksizmal ritm buzilishining rivojlanishi va chap bo‘lmachaning remodulingi “karaxtligi” -stanningni arterial gipertenziyada bashoratlash “, 14.00.05 – Ichki kasalliklar; 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.1.DSc/Tib791.
Ilmiy maslaxatchilar: Jarilkasinova Gavxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nasriddinova Naima Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Turakulov Rustam Ismatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sareva Valentina Mixaylovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi); Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Amur davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi:
gemodinamik va immunologik belgilarni kompleks baholash asosida ritm buzilishi va arterial gip arterial gipertenziya kokmorbidlikda kelgan bemorlarda yurak-qon tomir tizimidagi tarkibiy va funksional o‘zgarishlar, erta miokard disfunksiyasi, chap bo‘lmacha stanningi “karaxligi” noinvaziv diagnostikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qon bosimining me’yoriy yuqori ko‘rsatgichi va gipertoniya kasalligining I darajasi bo‘lgan bemorlarda natriyuretik gormon darajasining o‘zgarishi chap bo‘lmacha remodulingining dastlabki klinik markeri sifatida asoslangan;
qon bosimining me’yoriy yuqori ko‘rsatgichi va gipertoniya kasalligining I darajasi bo‘lgan bemorlarda simpatik faollik darajasi (SDNN) vazomotor markaz (LF) funksiyalarining pasayishiga ta’sir qilishi va vazomotor markazning faoliyati kuchayishi juda past chastotali (HF) diapazonda kamayishi va neyrogumoral tizim faoliyatidagi o‘zgarishlarga bog‘liqligi aniklangan;
qon bosimining me’yoriy yuqori ko‘rsatgichi va gipertoniya kasalligining I darajasi bo‘lgan chap bo‘lmacha stanningini rivojlanishining laborator markeri NT – proBNP gormonining bashoratlovchi prediktor sifatida samaradorligi isbotlangan;
qon bosimining me’yoriy yuqori ko‘rsatgichi va gipertoniya kasalligining I darajasi bo‘lgan bemorlarda EXOKG dagi o‘ng bo‘lmacha kamera uzunligi (SR), chap bo‘lmacha o‘qi (LA) va chap qorincha qisqarishlar soni (ChQ) ko‘rsatgichlariga asoslangan remodulingi stanningi rivojlanishini bashoratlovchi matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Paroksizmal ritm buzilishining rivojlanishi va chap bo‘lmachaning remodulingi “karaxtligi” -stanningni arterial gipertenziyada bashoratlash» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 25 sentyabrdagi №06/13-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: qon bosimining me’yoriy yuqori ko‘rsatgichi va gipertoniya kasalligining I darajasi bo‘lgan bemorlarda natriyuretik gormon darajasining o‘zgarishi chap bo‘lmacha remodulingining dastlabki klinik markeri sifatida asoslangan/ Ijtimoiy samaradorligi: arterial gipertenziyada chap bo‘lmacha remodulingi tahlil qilish natijasida 38 % yuqori qon bosimi va 22,9% yurak-qon tomir kasalliklari komorbid axvoli yoshlarda aniqlangan, tekshirish natijasida olingan ko‘rsatgichlar asoratlarni erta aniqlash natijasida 1,5 baravar kamaygan hamda asoratlar rivojlanishining oldini olishga sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: chap bo‘lmacha remodulingi yurak-qon tomir kontinuumining turli bosqichlarida amaliyotga tatbiq etish va erta aniqlash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 455000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: chap bo‘lmacha remodulingini erta aniqlash eshlarda va urta eshdagi bemorlarda muhim ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qon bosimining me’yoriy yuqori ko‘rsatgichi va gipertoniya kasalligining I darajasi bo‘lgan bemorlarda simpatik faollik darajasi (SDNN) vazomotor markaz (LF) funksiyalarining pasayishiga ta’sir qilishi va vazomotor markazning faoliyati kuchayishi juda past chastotali (HF) diapazonda kamayishi va neyrogumoral tizim faoliyatidagi o‘zgarishlarga bog‘liqligi aniklandi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda arterial gipertenziyaning shakllanishi va rivojlanishining patogenetik mexanizmlaridan biri bu vegetativ asab tizimining simpatik faolligining oshishi va parasimpatik qismning siqilishi bilan zvenolarning nomutanosibligidir. ABSM (SMAD) tekshirish buyicha arterial gipertenziya bo‘lgan bemorlarda ushbu mexanizmlar o‘rtacha kunlik qon bosimining pasayishiga, «bosim yuki»ga, o‘lchamining pasayishiga va qon bosimining ertalabki ko‘tarilish tezligi 30 mm.rt.st. tashkil etgani aniklashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘rsatgichlar o‘rtasida korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib, bemorlarda chap bo‘lmacha erta disfunksiyasi, ya’ni chap bo‘lmacha stanningi remodulingi rivojlanishi paroksizmal ritm buzilishiga olib kelishi bemorlarning ambulator murojaatini 3 martaga kamaytirdi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 304800 so‘m, byudjetdan tashqari 192000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisodiy samara berishiga erishilgan. Xulosa: chap bo‘lmacha erta disfunksiyasi, ya’ni chap bo‘lmacha stanningi remodulingi rivojlanishi paroksizmal ritm buzilish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar asosida ishlab chiqilgan mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan jami 496800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik qon bosimining me’yoriy yuqori ko‘rsatgichi va gipertoniya kasalligining I darajasi bo‘lgan chap bo‘lmacha stanningini rivojlanishining laborator markeri NT – proBNP gormonining bashoratlovchi prediktor sifatida samaradorligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda bemorlarda arterial gipertenziyada paroksizmal ritm buzilishlarini rivojlanishida chap bo‘lmacha remodulingi stanningini rivojlantirish uchun matematik model mezon sifatida tashkil etilganligi aniklashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: chap bo‘lmachaning remodulingi stanningi paroksizmal ritm buzilishlarini rivojlanishini oldini olish hisobiga diagnostik tadbirlarga ketadigan xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 496800 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: chap bo‘lmachaning remodulingi stanningi paroksizmal ritm buzilishlarini rivojlanishida matematik model qo‘llash kasallikni oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qon bosimining me’yoriy yuqori ko‘rsatgichi va gipertoniya kasalligining I darajasi bo‘lgan bemorlarda EXOKG dagi o‘ng bo‘lmacha kamera uzunligi (SR), chap bo‘lmacha o‘qi (LA) va chap qorincha qisqarishlar soni (ChQ) ko‘rsatgichlariga asoslangan remodulingi stanningi rivojlanishini bashoratlovchi matematik model ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: gemodinamik, immunologik va laborator ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib, chap bo‘lmachaning remodulingini ko‘rsatadigan gemodinamik ko‘rsatgichlar bilan birgalikda aniqlangan va chap bo‘lmachadagi “hajm yuki” ning ko‘payishi uchun prognostik mezon bo‘lgan natriyuretik gormonning chap bo‘lmacha stanningini qayta remodellashtirishning rivojlanishini bashoratlash uchun indikator sifatida ekanligi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: chap bo‘lmachaning remodulingini ko‘rsatadigan gemodinamik va immunologik ko‘rsatgichlarning rivojlanishini oldini olish hisobiga diagnostik-davolash tadbirlariga ketadigan xarajatlar bir nafar bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘lardan 425500 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: gemodinamik, immunologik va laborator ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib, chap bo‘lmachaning remodulingini ko‘rsatadigan va chap bo‘lmachadagi “hajm yuki” ning ko‘payishi erta xavfni bashoratlashni qo‘llash kasallikni oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.