Mexmonov Azizbek Yakubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “So‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazishni takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1251.
Ilmiy rahbar: Botaev Murod Djumanshikovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Aliev Shuhrat Xasanovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi so‘roq tergov harakatiga bog‘liq bo‘lgan masalalarni chuqur o‘rganib, tahlil qilib, uni o‘tkazishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagog va (yoki) psixologni so‘roq qilishga jalb etish voyaga etmagan guvoh yoki jabrlanuvchi qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, jabrlanuvchi vakilining iltimosiga binoan yoxud surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilishi lozimligi asoslab berilgan;
voyaga etmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilishda ishtirok etish uchun pedagogni va (yoki) psixologni jalb etish to‘g‘risida iltimosnoma berish huquqi so‘roq qilishdan oldin uning qonuniy vakiliga yoki katta yoshli yaqin qarindoshiga, jabrlanuvchi vakiliga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tushuntirilishi lozimligi asoslab berilgan;
voyaga etmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning umumiy davom etish vaqti kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda to‘rt soatdan oshmasligi lozimligi asoslab berilgan;
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala qilinishining oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari ma’muriy binolariga olib kelingan shaxslar bilan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish davrida maxsus jihozlangan so‘rovxonalarda o‘tkazilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
pedagog va (yoki) psixologni so‘roq qilishga jalb etish voyaga etmagan guvoh yoki jabrlanuvchi qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, jabrlanuvchi vakilining iltimosiga binoan yoxud surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilishi lozimligi bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-735-son Qonunining 2-moddasi 1-qismiga asosan, JPKning 121-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 26-sentyabrdagi 72-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi tergov harakatlarini amalga oshirishda inson huquqlarini ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
voyaga etmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilishda ishtirok etish uchun pedagogni va (yoki) psixologni jalb etish to‘g‘risida iltimosnoma berish huquqi so‘roq qilishdan oldin uning qonuniy vakiliga yoki katta yoshli yaqin qarindoshiga, jabrlanuvchi vakiliga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tushuntirilishi lozimligi bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-735-son Qonunining 2-moddasi 1-qismiga asosan, JPKning 121-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 26-sentyabrdagi 72-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi tergov harakatlarini amalga oshirishda jinoyat-protsessida amalga oshiriladigan so‘roq qilish tergov harakatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
voyaga etmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning umumiy davom etish vaqti kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda to‘rt soatdan oshmasligi lozimligi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-735-son Qonunining 2-moddasi 1-qismiga asosan, JPKning 121-moddasini uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 26-sentyabrdagi 72-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi voyaga etmagan shaxslarni so‘roq qilish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala qilinishining oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari ma’muriy binolariga olib kelingan shaxslar bilan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish davrida maxsus jihozlangan so‘rovxonalarda o‘tkazilishi lozimligi bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 26-fevraldagi “Ayrim protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining ma’muriy binolarida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi 101-son buyrug‘ining birinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 23-sentyabrdagi 16/1612-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi tergovga qadar tekshiruv jarayonida amalga oshiriladigan protsessual harakatlarda shaxs huquq va erkinliklarini samarali ta’minlanishiga xizmat qilgan.