Dexkonova Shahnoza Yulbarsovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Andijon viloyati iqlim sharoitida etishtirilgan uzumning urug‘siz navlarini quritish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx762.
Ilmiy rahbar: Azizov Aktam Sharipovich, qishloq xo‘jaligi doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Kuchqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Odinaev Mirzamad Isaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik - texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatida etishtirilgan uzumning urug‘siz navlarini quritish jarayonini takomillashtirib, yuqori sifatli quritilgan mahsulot olish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyati sharoitida uzumning urug‘siz Kishmish chyorniy va Sogdiana navlari quritish uchun eng maqbul ekanligi aniqlangan hamda soyaki usulda quritishda shamollatish tizimini qo‘llash orqali jarayon davomiyligi 40-45% ga qisqarishi isbotlangan;
uzumning urug‘siz navlarini soyaki usulda quritganda shamollatish tizimini ishlash chastotasi 180-240 daqiqalik intervalda ishlashi eng yuqori samara berishi aniqlangan;
Kishmish chyorniy navini nazorat holatida quritish davomiyligi o‘rtacha 46 kunni tashkil etgan bo‘lsa, shamollatish tizimi qo‘llanilgan hollarda bu ko‘rsatkich 24 kungacha kamaygani aniqlangan;
uzumning urug‘siz navlarini soyaki usulda quritish jarayonida shamollatish tizimini 180–240 daqiqa davomida qo‘llash mahsulotning organoleptik sifatini baholashda Kishmish Botir navi 98,9 ball, Kishmish chyorniy navi 98,4 ball va Kishmish beliy navi 98,5 ball bo‘lishi aniqlangan;
uzumning Kishmish chyorniy navini shtabel usulida quritilganda 22,1 %, soyaki usulda quritilganda 29,1% tayyor mahsulot chiqishi aniqlanib, soyaki usulda yuqori mahsuldorlik bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyatida etishtirilgan uzumning urug‘siz navlarini soyaki xonalarda quritishni ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Uzumning urug‘siz navlarini soyaki usulda quritish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi № 05/06-04-395-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma respublikamizning Andijon viloyatida etishtirilgan turli xil urug‘siz kishmishbop uzum navlarini etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, quritishdagi soha mutaxassislari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Turli xil uzumning urug‘siz navlarini soyaki usulda quritish usulida shamollatish tizimini qo‘llash ishlanmasi Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi uzumchilikka ixtisoslashgan “Do‘lanalik bog‘bon mevasi” fermer xo‘jaligida 1 ga maydonda etishtirilgan uzumning urug‘siz navlarini quritishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi №05/06-04-395-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kishmish Sogdiana navi quritilib, 16802200 so‘m sof foyda olingan, rentabellik ko‘rsatkichi 175 % ni tashkil etgan.
Uzumning urug‘siz navlarini soyaki usulda quritish usulida shamollatish tizimini qo‘llash ishlanmasi Andijon viloyati Asaka tumani “Malikaxon Fayzli Diyori” fermer xo‘jaligiga tegishli 1 ga maydonda etishtirilgan uzumning urug‘siz navlarini quritib, 1 tonna xom ashyoga nisbatan joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi №05/06-04-395-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kishmish chyorniy navi quritilib, 15747700 so‘m sof foyda olingan, rentabellik ko‘rsatkichi 145 % ni tashkil etgan.
Uzumning urug‘siz navlarini soyaki usulda quritish usulida shamollatish tizimini qo‘llash ishlanmasi Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida joylashgan “Navigul” qo‘shma korxonasiga tegishli 5 ga maydonda etishtirilgan uzumni quritishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi №05/06-04-395-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilgan texnologiya asosida quritish jarayoni amalga oshirilganda Kishmish beliy navi quritilib, 11552000 so‘m sof foyda olingan, rentabellik ko‘rsatkichi 180 % ni tashkil etgan.